Kolumnistlar

Begonalarga joy yoʻq: AQSH SSSR qayta tiklanishini payqab qoldi

© Sputnik / Press service of the Ministry of Defence of the Russian Federation / Mediabankka oʻtishMirotvortsы iz Tadjikistana, Armenii, Kirgizii vыleteli v Kazaxstan
Mirotvortsы iz Tadjikistana, Armenii, Kirgizii vыleteli v Kazaxstan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.01.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qozogʻistondagi voqealarni Gʻarbda “Putin ultimatumi” deb atashayotgan, yaʼni Rossiyaning AQShdan Ukrainadan va postsovet hududidan chekishish talablaridan alohida tahlil qilib boʻlmaydi va baho berishning iloji yoʻq.
Lekin bu yerdagi bogʻliqlik oʻylagandan koʻra boshqacharoq.
Qozogʻiston voqeasini allaqachon Moskva va Vashington oʻrtasidagi katta savdoga tayyorgarlik koʻrish sifatida koʻrmoqda: Gʻarb respublikadagi gʻalayonlardan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanishga, oʻz stsenariysini oʻynashga urindi, biroq Rossiya zudlik bilan qoʻshni mamlakatga yordam oshiqdi va bu bilan xavfli fitnani bostirdi.
Pirovardida bunday kimga naf ekanligi borasida bahslashishmoqda: Postsovet hududida oʻz taʼsirini tasdiqlagan Rossiyagami, yoki Moskvani qoʻshimcha ravishda tajovuzkor deb tasvirlash imkoniga ega boʻlgan AQShmi?
Ammo anglosakslar bir necha oy Rossiyaning Ukrainaga hujumiga tayyorlagan yevropaliklar uchun desantchilarimiz Qozogʻistonda aslida nima bilan shugʻillanishayotgani unchalik muhim emas. Ular nazdida “ishgʻolchilar” nima ish qilishi shundoq ham ayon.
Lekin garchi Shtatlar hozir “rus qoʻshinlaridan xalos boʻlish juda qiyin” degan mavzuni aylantirayotgan boʻlsada, ular uchun Qozogʻiston voqealarining asosiy fikri boshqa narsada: ular Rossiya postsovet hududida oʻz taʼsirini qayta tiklayotganiga batamom ishonch hosil qilishdi. Yaʼni “Putin ultimatumi” tasodif emas va safsataga umuman oʻxshamaydi, shunday ekan amerikaliklar Moskva bilan muzokaralarni noqulay noaniqlik muhitida boshlashadi. Nimalar boʻlyapti oʻzi, rus nimalarni oʻylab qoʻyishgan?
NATO “rus geosiyosiy ekspansiyasiga” qarshi yonma-yon turmoqda
SSSRni qayta tiklash? Yakshanba kuni CNN telekanali efirida bu haqda davlat kotibi Entoni Blinkendan soʻrashdi va u bajonidil javob berishga rozi boʻldi. “Men oʻylaymanki, bu shunday, bu prezident Putinning maqsadlaridan biri. Va bu ilgari Sovet Ittifoqi qismi boʻlgan mamlakatlar ustidan taʼsirning tiklanishi demak”.
Biroq, Blinken darhol “SSSRning qayta tiklanishi nomaqbul ish” ekanini qoʻshimcha qildi. Yaʼni soʻnggi oʻn yil ichida Vashingtonda takrorlashni yaxshi koʻrishgani singari, “sizga bunday qilishga imkon bermaymiz”.
Lekin sobiq maʼmuriyatning asosiy tashqi siyosiy strategi, Trampning milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jon Bolton esa agar Qozogʻiston voqealariga notoʻgʻri munosabat bildirilsa, imkon berishlaridan qoʻrqmoqda. Yakshanba kuni “The Wall Street Journal”da chop qilingan “Qozogʻistondagi inqiroz Sovet Ittifoqining qayta tiklanishimi?” maqolasida Bolton ogohlantirdi:
“NATOning qatʼiyligi hozir Putinning bosqinchilik maqsadlarini erishib boʻlmaydigan qilishi mumkin. Lekin NATO “qoidalarga asoslangan xalqaro tartib” haqidagi soʻzlar va hamma tomonlarga “vazminlikni namoyon etish” chaqirigʻi bilan cheklansa, tarixchilar keyinchalik Qozogʻiston inqirozini Sovet Ittifoqi qayta tiklangan payt sifatida koʻrsatishlari mumkin”.
Rossiya TIV NATO bilan xavfsizlik boʻyicha muzokaralarning asosiy masalalarini maʼlum qildi
SSSR qaytishining oldini olish uchun Bolton Putinning talablariga yon bermaslik, ayniqsa, NATO sharqqa qarab siljimaslik majburiyatini zimmasiga olmasligini iltijo qilib soʻragan.
U Ukrainani zudlik bilan NATOga qabul qilishni talab qilmaydi (buning imkonsizligini tushunib), lekin “zudlik bilan alyansga aʼzo boʻlmagan sobiq ittifoq respublikalari uchun strategiya ishlab chiqishni” taklif qiladi.
Demak, uning soʻzlariga koʻra, Moskvaga sharqqa siljimaslik kafolatlariga rad javobini berish va postsovet hududini ruslardan himoya qilish uchun strategiya ishlab chiqmoq darkor, boʻlmasa ular Sovet Ittifoqini qayta tiklashadi.
Ha, Bolton atlantchilarning oʻz taʼsirini postsovet hududid qismida (kamida Ukraina, Gruziya va Moldovada) tutib olish qobiliyatiga ishonadi va buning uchun hozir qatʼiy ravishda Putinn uning xavfsizlik kafolatlari talablari bilan “kovushini toʻgʻirlab qoʻyish kerak”.
Real kayfiyatdagi natochilar Ukrainaning antantizatsiyada turib olib (garchi ortga surilgan boʻlsada), Gʻabning oʻzi postsovet reintegratsiyasi jarayonini tezlashtirishdan xavotirda.
Putin Ukrainada NATOning raketa tizimlari paydo boʻlsa nima boʻlishini aytdi
Axir Moskva uning manfaatlari bilan qiziqib koʻrishni istashmayotganlariga batamom ishonch hosil qildi va alyansni ukrain qartasini oʻynash imkoniyatidan mahrum qilish uchun qoʻlidan kelgan barcha ishni qiladi.
Nima ham derdik? Rossiyaning postsovet hududi ustidan geosiyosiy nazorati qayta tiklanishi haqiqatdan roʻy beradi – buni SSSRni qayta tiklash deb atash mumpkin, biz Yevroosiyo ittifoqi bunyodi haqida gapiramizku. Gʻarb tish-tirnogʻi bilan xalaqit berishi mumkin, balandparvoz bayonot berib, hammani rus tahdidi bilan qoʻrqitishi mumkin – bularning bari unchalik muhim emas.
Biz hech kimdan hech narsa olmaymiz, shunchalik vaqtinchalik yoʻqotilgan narsani qayta tiklaymiz. Va bu nafaqat ruslarning manfaatlariga javob beradi, Qozogʻistondagi voqealar buni yaqqol koʻrsatdi.
Biz Oʻrta Osiyoni yoʻqotayotganimiz xususida qancha xavotirlar boʻlgandi? Oʻsha Qozogʻistonda Gʻarb, Turkiya, Xitoy pozitsiyalari kuchaymoqda, bizlarni esa siqib chiqarishmoqda, tez orada biz barini qoʻldan boy beramiz. Biroq inqiroz yuzaga kelishi bilan xaos va gʻalayonni faqat Rossiya toʻxtatishga qodirligi maʼlum boʻladi.
Chunki bizda haqiqatdan ishlovchi davlat va davlatchilik anʼanalari bor, qoʻshni davlatlar bilan taqdirlar va manfaatlar umumiyligini tushunish bor. Hatto ular uchun masʼuliyatni his qilish.
Ulardagi tinchlik bizning xavfsizligimiz masalasi, bizda u yerlardan kelgan millionlar yashaydi.
SSSR tarqalgan kun Rossiyada rasman Xotira kuniga aylanishi mumkin
Postsovet davlatlari xalqlarining oʻzi buni qanchalik yaxshi anglashadi? Axir mahalliy elita ham, tashqi kuchlar ham uzoq yillar ularni ular eng buyuk, mustaqil va yazshi turmush tarziga loyiqligini oʻrgatib keladi. Ayrim tashqi oʻyinchilar esa hamma muammolar rus bosqinchiligining asorati yoki Kreml nayranglari deb quloqlariga quyishadi.
Propaganda, albatta, jamiatning bir qismiga taʼsir koʻrsatadi va biz izchil mahalliy elitani mafkurasi va taʼlimini, jumladan, bizning umumiy oʻtmishimizni koʻrsatish masalalarida, uzatishga turtishimiz zarur. Axir haqiqat fursati yetganda yordamni aynan Moskvadan soʻrashadi.
Negaki aldamaydi, negaki tahdidlar umumiy, negaki tarixiy xotira va kelajak umumiydir. Ichi qoralar qanchalik xalaqit berishga urinishayotganlariga qaramay.
Manba: RIA Novosti.
Yangiliklar lentasi
0