Jamiyat

Koronavirus bilan bogʻliq vaziyat jiddiy: kunlik holatlar 420tadan ziyod, 4 kishi vafot etdi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Fotobankka oʻtishVrach v gospitale dlya bolnыx koronavirusom
Vrach v gospitale dlya bolnыx koronavirusom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekistonda sutka davomida 425 kishida koronavirus aniqlandi, respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 201 155 nafarni tashkil qilmoqda.
TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.
Sutka davomida 425 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 201 155 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi holatlar: Qoraqalpogʻiston Respublikasida (2), Andijon viloyatida (15), Buxoro viloyatida (8), Jizzax viloyatida (21), Qashqadaryo viloyatida (20), Navoiy viloyatida (3), Namangan viloyatida (6), Samarqand viloyatida (47), Sirdaryo viloyatida (7), Fargʻona viloyatida (8), Xorazm viloyatida (22), Toshkent viloyatida (43), Toshkent shahrida (223) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 197 308 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 98 foiz.
SSVga koʻra, shu kunlarda dunyoda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat yanada murakkablashmoqda. COVID-19ning yangi "omikron" shtammi qator mamlakatlarda jiddiy muammolarni yuzaga keltirmoqda.
“Afsuski, soʻnggi kunlarda yurtimizda ham kasallanishlar soni yana orta boshladi. Xususan, mamlakatimizda "omikron" shtammi aniqlandi. Shu sababli barcha yurtdoshlarimizdan dunyodagi murakkab pandemik holatdan toʻgʻri xulosa chiqargan holda karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilib, kasallikka qarshi toʻliq emlanishlarini soʻrab qolamiz”, - deyilgan SSV xabarida.
Respublikada jami 39,9 mln doza vaktsinadan foydalanildi.

Oʻlim holatlari

4 nafar bemor vafot etdi, Oʻzbekistonda jami 1 501 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 307,2 milliondan oshdi, 5,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (60,0 mln), Hindistonda (35,7 mln), Braziliyada (22,5 mln).
Yangiliklar lentasi
0