KXShTning Qozog‘istondagi missiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi – Toqayev

© REUTERS / SPUTNIKPrezident Kazaxstana Tokayev
Prezident Kazaxstana Tokayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti tinchlikparvar kuchlarining mamlakatdagi missiyasi muvaffaqiyatli yakunlanganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) tinchlikparvar kuchlarining Qozog‘istondagi missiyasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev parlament majlisida ma’lum qildi.
Toqayevning so‘zlariga ko‘ra, tashkilotning tinchlikparvar kuchlarini bosqichma-bosqich olib chiqish 13-yanvardan boshlanadi. Bu jarayon 10 kundan ziyod vaqtni olmaydi.
Tinchlikparvar kuchlarining qisqa muddatda Qozog‘istonda bo‘lish davridagi asosiy vazifasi o‘ta muhim strategik obyektlarni qo‘riqlash edi. Hozir respublikada Armaniston, Belarus, Rossiya, Qirg‘iziston va Tojikistondan bo‘lgan harbiylar bo‘lib turishibdi. Ular soni 2 mingdan ziyodroq.
Kecha Toqayev KXShT davlat rahbarlarining navbatdan tashqari yig‘ilishida Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarda tashkilot o‘zining kerakligini tasdiqlaganini ma’lum qilgan edi. Kelajakda KXShT tinchlikparvar qo‘shinlarini olib kelishni yaxshilash kerak.

Mavzuga oid:

Qozog‘istonda KXShT tinchlikparvar qo‘shinlari vazifalarni bajarishga kirishdi
Qozog‘istonda KXShT tinchlikparvar kuchlariga kim rahbarlik qilishi ma’lum bo‘ldi
ODKB Qozog‘istonga tinchlikparvar kuchlarini yubormoqda: bu haqda nimalar ma’lum
Qozog‘istondagi tartibsizliklar butun MOga xavf tug‘diradimi? Siyosatshunoslar fikri
Yangiliklar lentasi
0