Rossiya

Noqonuniy migratsiya: Moskva viloyatida 3 nafar sobiq politsiyachiga ayblov qoʻyildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.01.2022
Moskva viloyatida 3 nafar sobiq politsiyachiga ayblov qoʻyildi
TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Moskva prokuraturasi 7 nafar xorijlikning Rossiyaga noqonuniy kirib kelishiga yordam bergan 3 nafar sobiq politsiyachiga qarshi ayblov xulosasini tasdiqladi.
Ular oldindan til biriktirib, oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda noqonuniy migratsiyani tashkil etish va katta miqdorda pora olishda ayblanmoqda.
Jinoiy ish hujjatlari mazmunan koʻrib chiqish uchun Moskvaning Taganskiy tuman sudiga yuborildi.
Tergov maʼlumotlariga koʻra, ular 2019 yil fevral oyidan 2020 yil iyuliga qadar turli sabablarga asosan mamlakat hududiga kelishi taqiqlangan xorijliklarning Rossiya hududiga noqonuniy kirishiga koʻmak bergan.
Buni amalga oshirish uchun ayblanuvchilar nikoh guvohnomasi blankasi namunasini va Rossiya fuqarolari pasportlari nusxalarini olib, xorijliklar va rossiyaliklar oʻrtasida nikoh hujjatlarining qalbaki nusxalarini tayyorlashgan.
Ular nusxalarni Moskva notariuslarining soxta muhr, shtamp va imzolari bilan tasdiqlashgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala