https://oz.sputniknews-uz.com/20220111/omikronn-shtammning-keng-tarqalgan-alomati-malum-boldi-22127387.html
Omikronn shtammning keng tarqalgan alomati maʼlum boʻldi
Omikronn shtammning keng tarqalgan alomati maʼlum boʻldi
Britaniyalik shifokor Stivs bosh ogʻrigʻini omikronn shtammning eng keng tarqalgan alomati deya taʼkidladi.
2022-01-11T06:00+0500
2022-01-11T06:00+0500
2022-01-11T06:00+0500
jamiyat
covid-19 umumjahon pandemiyasi
omikron shtammi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0c/06/21660304_0:100:1921:1180_1920x0_80_0_0_e6267b7dc41fe6c94641588600b5ba80.jpg
Omikron shtammning belgilari 75% holatlarda oddiy shamollashning koʻrinishi bilan oʻtib ketmoqda deydi ZOE Covid Study koronavirus infektsiyasi alomatlarini kuzatish uchun Britaniya ilovasini ishlab chiquvchilardan biri doktor Kler Stiv. Daily Express nashri shifokorning soʻzlarini keltirmoqda.Mutaxassisning taʼkidlashicha, koronavirusning yangi varianti bilan kasallanganlarda asosan kasallik yengil shaklda oʻtmoqda, biroq virusning yuqori yuqumlilik darajasi sogʻliqni saqlash tizimiga bir qancha muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Omikronning keng tarqalib ketmasligi uchun hukumat shamollashda belgi beradigan yana uchta alomatni hisobga olishi kerak, deya hisoblaydi shifokor.“COVID-19 bilan kasallangan yangi holatlarning 75% alomatlar shamollash belgilariga oʻxshashligi va klassik alomatlar kamroq tarqalgani rasmiylar tavsiyalarini zudlik bilan yangilash kerakligini anglatadi. Biz tomoq ogʻrigʻi, bosh ogʻrigʻi va burun oqishi kabi belgilarni imkon qadar tezroq roʻyxatga qoʻshishni istagan boʻlardik”, - deydi shifokor.Yangi B.1.1.529 shtammi noyabr oyining oxirida Botsvana va Janubiy AfrikaRespublikasida aniqlangan. Unda patogen hujayralarni yuqtirish uchun zarur boʻlgan S-oqsilidagi oʻnlab mutatsiyalar mavjud. Tadqiqotchilar fikriga koʻra, SARS-CoV-2 genomidagi koʻplab yangi oʻzgarishlar ushbu variantning yuqori oʻtkazuvchanligini va kasal boʻlgan va emlanganlarning himoya antitelalariga chidamliligini koʻrsatadi. B.1.1.529 dastlab immunitet tanqisligi, masalan, OIV bilan kasallangan odamda rivojlangan deb hisoblangan.Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti B.1.1.529 ni "tashvishli" deb belgiladi va uni yunon alifbosining 15-harfi "omikron" deya nomladi. Mutaxassislarning fikricha, allaqachon kasal boʻlgan va emlanganlar ham yuqtirishi mumkin va alomatlar charchoqdan bosh ogʻrigʻi va tana ogʻrigʻigacha oʻzgaradi. Mazkur shtamm bilan kasallanish holatlari 100 dan ortiq mamlakatlarda, shu jumladan Rossiyada ham aniqlangan.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/0c/06/21660304_106:0:1813:1280_1920x0_80_0_0_8a8a7a909a05e62eec850207d99065b5.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
covid-19 umumjahon pandemiyasi, omikron shtammi
Omikronn shtammning keng tarqalgan alomati maʼlum boʻldi
Britaniyalik shifokor Stivs bosh ogʻrigʻini omikronn shtammning eng keng tarqalgan alomati deya taʼkidladi.
Omikron shtammning belgilari 75% holatlarda oddiy shamollashning koʻrinishi bilan oʻtib ketmoqda deydi ZOE Covid Study koronavirus infektsiyasi alomatlarini kuzatish uchun Britaniya ilovasini ishlab chiquvchilardan biri doktor Kler Stiv. Daily Express nashri shifokorning soʻzlarini keltirmoqda.
Mutaxassisning taʼkidlashicha, koronavirusning yangi varianti bilan kasallanganlarda asosan kasallik yengil shaklda oʻtmoqda, biroq virusning yuqori yuqumlilik darajasi sogʻliqni saqlash tizimiga bir qancha muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Omikronning keng tarqalib ketmasligi uchun hukumat shamollashda belgi beradigan yana uchta alomatni hisobga olishi kerak, deya hisoblaydi shifokor.
“COVID-19 bilan kasallangan yangi holatlarning 75% alomatlar shamollash belgilariga oʻxshashligi va klassik alomatlar kamroq tarqalgani rasmiylar tavsiyalarini zudlik bilan yangilash kerakligini anglatadi. Biz tomoq ogʻrigʻi, bosh ogʻrigʻi va burun oqishi kabi belgilarni imkon qadar tezroq roʻyxatga qoʻshishni istagan boʻlardik”, - deydi shifokor.
Yangi B.1.1.529 shtammi noyabr oyining oxirida Botsvana va Janubiy AfrikaRespublikasida aniqlangan. Unda patogen hujayralarni yuqtirish uchun zarur boʻlgan S-oqsilidagi oʻnlab mutatsiyalar mavjud. Tadqiqotchilar fikriga koʻra, SARS-CoV-2 genomidagi koʻplab yangi oʻzgarishlar ushbu variantning yuqori oʻtkazuvchanligini va kasal boʻlgan va emlanganlarning himoya antitelalariga chidamliligini koʻrsatadi. B.1.1.529 dastlab immunitet tanqisligi, masalan, OIV bilan kasallangan odamda rivojlangan deb hisoblangan.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti B.1.1.529 ni "tashvishli" deb belgiladi va uni yunon alifbosining 15-harfi "omikron" deya nomladi. Mutaxassislarning fikricha, allaqachon kasal boʻlgan va emlanganlar ham yuqtirishi mumkin va alomatlar charchoqdan bosh ogʻrigʻi va tana ogʻrigʻigacha oʻzgaradi. Mazkur shtamm bilan kasallanish holatlari 100 dan ortiq mamlakatlarda, shu jumladan Rossiyada ham aniqlangan.