Dariga Nazarboyeva betobligi sabab parlament majlisiga kelmadi

© Sputnik / Maksim BogodvidNazarbayeva Dariga. Deputat senata parlamenta Respubliki Kazaxstan
Nazarbayeva Dariga. Deputat senata parlamenta Respubliki Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston birinchi prezidentining to‘ng‘ich qizi Dariga Nazarboyeva parlament yig‘ilishiga kelmadi.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Qozog‘iston birinchi prezidentining to‘ng‘ich qizi - deputat Dariga Nazarboyeva kasalligi tufayli parlament yalpi majlisida qatnashmadi.
Bu haqda Sputnik Qozog‘iston muxbiriga quyi palata matbuot xizmati ma’lum qildi.
“U boshqa hamkasblari kabi kasallik ta’tilida, ular ham majlisda yo‘q”, deb ma’lum qildi parlament vakili.
Dariga Nazarboyeva birinchi marta parlament yalpi majlislarini o‘tkazib yubormayapti. U 11-yanvar kuni prezident yangi bosh vazir ismini e’lon qilgan parlament majlisida (onlayn) qatnashmadi.
5 yanvar kuni ham parlament yig‘ilishida ham ko‘rinish bermadi.
Nazarboyeva yettinchi chaqiriq Majilisda Iqtisodiy islohotlar va mintaqaviy rivojlanish qo‘mitasi a’zosi lavozimida ishlaydi.
Qo‘mita rahbari Albert Rau Sputnik Qozog‘iston muxbiri bilan suhbatda Dariga Nazarboyeva mehnat intizomini buzmasligi va faqat uzrli sabablarga ko‘ra ishda emasligini ma’lum qilgandi.
Yangiliklar lentasi
0