Koronavirus: Toshkent shahrida kasallanish keskin ko‘paymoqda

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishVrach v palate gospitalya dlya bolnix COVID-19
Vrach v palate gospitalya dlya bolnix COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda bir kunda 600 dan ziyod kishi koronavirus aniqlandi. Yana to‘rt kishi vafot etdi.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda vaziyat xavotirli tus olmoqda. 11-yanvar kuni O‘zbekistonda 604 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi mabuot xizmati.
Kecha eng ko‘p kasallanish holatlari Toshkent shahrida (331) kuzatilgan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent (97), Samarqand (42) va Jizzax (41) viloyatlari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 ta, Andijon viloyatida 11 ta, Buxoro viloyatida 7 ta, Qashqadaryo viloyatida 24 ta, Navoiy viloyatida 4 ta, Namangan viloyatida 3 ta, Sirdaryo viloyatida 13 ta, Farg‘ona viloyatida 9 ta va Xorazm viloyatida 17 ta topshirilgan test musbat chiqqan.
Bog‘chalarda karantin cheklovlariga qat’iy amal qilinadi - vazirlik
Shu tariqa, mamlakatda pandemiya boshlangandan buyon koronavirusga chalingan soni 201 759 nafarga yetgan. Shulardan 197 475 (+167) nafari tuzalib ketgan. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Kecha 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, qurbonlar soni 1505 nafarga yetgan.
Mamlakatda koronavirusga qarshi qo‘llanilgan vaksinalar 40 million dozadan oshgan. 1-bosqichda 18,9 million kishi emlangan. 2-bosqichda emlanganlar soni 13,9 milliondan oshgan. 3-bosqichda emlanganlar 7,2 million kishini tashkil qilgan. Emlanishi kerak bo‘lgan aholining 88,4 foizi kamida bitta dozani olib bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0