Rossiya

Moskvada birinchi odamga “fuqaroligi yoʻq shaxs pasporti" berildi

© Sputnik / Vadim Jernov / Fotobankka oʻtishFMS Sankt-Peterburga prezentovalo obraztsы dokumentov s otpechatkami paltsev
FMS Sankt-Peterburga prezentovalo obraztsы dokumentov s otpechatkami paltsev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.01.2022
Moskvada birinchi fuqaroligi yoʻq shaxs vaqtinchalik shaxsini aniqlovchi guvohnoma oldi.
TOSHKENT, 12yanv — Sputnik. Moskvada ilk bor fuqaroligi yoʻq shaxs vaqtinchalik shaxsini aniqlovchi guvohnoma oldi. Bu haqida RIA Novostiga poytaxt Inson huquqlari kengashi komissiyasi aʼzosi Yeva Merkacheva aytib berdi.
Ushbu turdagi shaxsni aniqlovchi hujjat toʻgʻrisidagi qonunni 2021 yilning fevral oyida Vladimir Putin imzolagan edi. Bunday hujjat 10 yil muddatga beriladi va fuqaroligi yoʻq shaxslarga mehnatga ruxsatnoma olmasdan ishlash huquqini beradi.
“Moskvada birinchi boʻlib “fuqaroligi yoʻq shaxs pasporti” – vaqtinchalik shaxsini aniqlovchi guvohnoma olgan kishi – 53 yoshli Yoqubjon Hakimjonov boʻldi. U IIV Migratsiya boshqarmasining xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash muassasasida (Saxarovo) ikki yildan ortiq vaqt oʻtkazgan. Fuqaroligi boʻlmagani sababli uni hech qayerga deport qilishning iloji boʻlmagan", — deydi Merkacheva.
Hakimjonovning soʻzlariga koʻra, u Dushanbe shahrida tugʻilgan. U 5 yoshga toʻlganda uning oilasi Astraxan shahriga koʻchib oʻtgan. U maktabga bormagan.
“Koʻchada yurgan, tamaki chekkan, qarta oʻynagan. Yoshligidan qamoqxonaga tushib qolgan va hayoti shu tarzda davom etgan”, - deb Hakimjonovning soʻzlarini keltiradi huquq himoyachisi.
Hakimjonov kitob oʻqiydi, yozishni biladi. Bunga u “Butыrka” qamoqxonasida oʻrgangan. Shuningdek Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazi rahbariyati Yoqubjonga knopkali telefon sovgʻa qilishgan. Ehtimol shunda u qarindoshlarini tezroq topib olar va qarindoshlari uni oʻz uyiga olib ketar, — deb hikoya qiladi Merkacheva.
Shuningdek, Hakimjonov unga biror ish topishda yordam berishni soʻramoqda.
Huquq himoyachisi aytishiga koʻra, Hakimjonovni soʻnggi marotaba qoʻlga olishganida u hech qanday jinoyat qilmagan. Politsiya shunchaki uning shaxsini aniqlay olmagan. Oʻshanda u hech qaysi davlat fuqarosi emasligi maʼlum boʻlgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala