Jamiyat

Bogʻchalarda karantin cheklovlariga qatʼiy amal qilinadi - vazirlik

© Sputnik / Varvara Gertye / Mediabankka oʻtishDetskiy sad
Detskiy sad - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.01.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston MTMlarida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan karantin cheklovlariga qatʼiy amal qilinadi.
TOSHKENT, 12 yanv - Sputnik. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilinadi, deb xabar qilmoqda Maktabgacha taʼlim muassasalar vazirligi.
Vazirlik oʻz tasarrufidagi davlat MTMlariga Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Oʻzbekistonga koronavirusning “Omicron” shtammi kirib kelganida soʻng eʼlon qilingan cheklovlariga qatʼiy amal qilish talabini qoʻydi.
Xususan respublikadagi barcha davlat MTMlarida quyidagi qoidalar oʻrnatiladi:
“Covid 19”pandemiyasi davrida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ish faoliyatiga qoʻyiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigiyenik talablar"ga qatʼiy rioya etiladi;
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bayram tadbirlari oʻtkazilishi vaqtinchalik cheklanadi;
ota-onalar va tashqaridan mehmonlar kirishiga yoʻl qoʻyilmaydi (zarur vaziyatlarda soʻnggi uch kunlik PTSR testi va emlanganligi haqida sertifikati boʻlishi lozim);
yigʻilishlar oʻtkazilishi cheklanadi, zarur hollarda yigʻilishlarni videokonferentsaloqa rejimida oʻtkazish choralari koʻriladi;
mazkur cheklovning buzilishiga yoʻl qoʻyilgan taqdirda tegishli tartibda javobgarlik choralari (hayfsan, jarima va b.q.) qoʻllaniladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 7 yanvar kuni Oʻzbekistonga kelgan xorijiy fuqaroda birinchi "Omicron" shtammi aniqlangan edi. Ushbu munosabat bilan SSV karantin chekloviga qatʼiy rioya qilish, jamoat joylarida niqobsiz yurmaslik, korxona va oliy oʻquv muassasalarida toʻliq emlashni tashkil qilish Xorijdan Oʻzekistonga kelgan fuqarolarda 48 soatlik PZR testi boʻlishi kerakligini maʼlum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0