Jamiyat

“Omikron” Oʻzbekistonda: mamlakat pandemiyaga qarshi qanday kurashmoqda

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Fotobankka oʻtishLecheniye patsiyentov s Covid-19 v bolnitse
Lecheniye patsiyentov s Covid-19 v bolnitse - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.01.2022
Koʻpga kelgan toʻy deganlariday mana qariyb ikki yildirki Oʻzbekiston ham koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashmoqda.
Bu davr mobaynida mamlakatda ushbu infektsiyaga chalingan bemorlarni davolash uchun Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 2 ta maxsus tibbiyot majmuasi qurib topshirildi. U yerda faoliyat olib borayotgan shifokorlar pandemiya davrida qanday tajriba orttirishdi, dunyoni xavotirga solayotgan kovidning omikron shtammiga ular qanchalik tayyor?
Shu va boshqa savollarga javob olish uchun Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida boʻlib, u yerda faoliyat olib borayotgan shifokor – majmuaning 3-boʻlimi boshligʻi Barno Musayeva bilan suhbatlashdik.
Tezkor qurilish: Zangiotada virusologiya shifoxonasi qanday qurilmoqda
Barno Musayeva – mutaxassisligi boʻyicha pediatr. Pandemiyaga qadar u Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bolalar qabul boʻlimida ishlagan.
© Iz lichnogo arxiva Barno MusayevoyPediatr Barno Musayeva
Pediatr Barno Musayeva  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.01.2022
Pediatr Barno Musayeva
“Hech ham esimdan chiqmaydi, 2020 yilning avgust oyi boshlarida toʻsatdan “Zangiota-2” shifoxonasiga keltirilgan bolalarda koronavirus aniqlanibdi. Shoshilinch pediatr kerak, degan xabarni oldik”, - deydi shifokor koronavirusga qarshi kurashish uchun bel bogʻlagan ilk paytlarini yodga olib.
Ulardan kasallikni yuqtirgan bolalarni u yerga borib davolash talab qilingan va bu vazifa Musayevaning zimmasiga yuklatilgan.
“Uyga kelib zudlik bilan narsalarimni yigʻishtirdim. Oila aʼzolarim qoʻrquv va vahimada boʻlishlariga qaramasdan, borishimga qarshilik qilishmadi. Bu ham bir front kabi, unda har bir kishi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifani soʻzsiz bajarishi shart”, - deydi Musayeva.

Yangi kasallikka qarshi ayovsiz kurashdik

Mutaxassisligi pediatr boʻlishiga qaramay, Barno Musayeva “Zangiota-2” yuqumli kasalliklar shifoxonasida ish boshlab, aynan koronavirusga chalingan bemorlarni davolash boʻyicha dars oldi.
“Kasallik yangi, uning belgilari yangi. U bilan qanday kurashish kerak, qaysi dori yaxshi samara beradi, bemorning ertangi holati nima boʻladi, bilmay qolasiz, - deydi u. – Boz ustiga bu kasallik hammada har xil kechadi. Bir odamning organizmiga yaxshi taʼsir qilgan dori boshqa bir kishi organizmiga foyda bermasligi mumkin. Shu sababli boshida biz shifokorlar noaniq xususiyatlarga ega kasallik bilan kurashdik”.
Lekin shunisi aniqki, pediatriya sohasidagi bilimlari Musayevaga bolalarni davolashda as qotgan. 6 yoshli qizchani ota-onasiz shifoxonada olib qolib davolagan kunlari boʻlgan.
“U bilan 10 kun davomida birga yashadim. Uni davolab, onasining bagʻriga qaytardik. Qizaloqni olib ketishga kelgan ota-onasining koʻzidagi quvonch hech esimdan chiqmaydi”, - deydi mutaxassis.
Yoshlar orasida koronavirusga chalinish ikki baravar koʻpaydi - shifokor

Qoʻrquv – eng katta dushman

Pandemiya davridagi bir yarim yillik faoliyati davomida Barno Musayeva yuzlab bemorlarni koʻrgan. Ular bilan muloqotda boʻlib, kasallikni davolash boʻyicha katta tajriba orttirdi.
Shifokorning taʼkidlashicha, qattiq qoʻrquv bilan kelgan bemorlarning bu kasallikni yengishlari qiyin kechgan. Koronavirusning shunday jihatlari bor ekanki, insonning qaysi organlari zaifroq boʻlsa, oʻsha joyiga salbiy taʼsir koʻrsatar ekan.
“Yana bir yomon tomoni asab tizimini yeb qoʻyarkan. Bu kasallikni yengish uchun avvalo qoʻrquvdan qutilish kerak”, - deydi mutaxassis.
Bir onaxon juda ogʻir ahvolda, oʻpkasi 70 foiz zararlangan holda kasalxonaga keltirilgan. Unga reanimatsiyada 3-4 kun yotishiga toʻgʻri kelishini aytishgan.
“Onaxon reanimatsiyadan juda qoʻrqishlarini aytib, avvaliga qarshilik qildilar. Soʻng ularga kasallikni yengishimiz uchun qoʻrquvdan voz kechmasak boʻlmasligini tushuntirdim. Qoʻrquvni yengib, menga ishondilar. Shu onaxon tuzalib ketganlariga qariyb bir yil boʻldi. Har juma menga yaxshi tilaklar bildiradilar. Ich-ichimdan xursand boʻlaman”, - deydi Musayeva quvonchlarini yashirmay.
Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi jonlantirish boʻlimida asosan kimlar davolanmoqda

Har bitta oʻlim sochimizga minglab oq tushirdi

Bu yerdagi shifokorlarning faoliyati faqat yaxshi xotiralardan iborat emas, tabiiyki oʻtgan davr mobaynida ular bemorlarning oʻlim holatlariga ham guvoh boʻlishdi. Shifokorning soʻzlariga koʻra, yondosh kasalligi bor yoki virusdan juda qattiq qoʻrqib, ushbu qoʻrquvini yenga olmagan bemorlarida oʻlim holatlari kuzatilgan.

“Har bitta oʻlim sochimizga minglab oq tushirdi. Baʼzida tashqarida “shifokorlar yaxshi qarashmabdi”, degan gaplarni eshitib qolaman. Aslida unaqa emas. Bu yerda ishlayotgan hech bir shifokor bemorlarga befarq boʻla olmaydi. Bemorning koʻzlari befarq boʻlishga yoʻl qoʻymaydi”, - deydi Musayeva.

U oʻlim holati nafaqat bemorning tuzalishiga umid qilgan uning yaqinlari, balki uni davolashga kirishgan shifokor uchun ham fojia ekanini qayd etdi.
COVID-19ni yengishda oʻzbekcha kurash sirlari – epidemiologlar bilan eksklyuziv intervyu
“Kasalxonamizdagi yigirmata boʻlim boshliqlari birgalashib yigʻlagan kunlarimiz boʻldi. Ahvoli yaxshilanib, kundan-kunga tuzalib borayotgan bemorlar toʻsatdan vafot etgan holatlarga guvoh boʻldik. Oʻsha kunlar qaytmasligini xohlayman. U kunlarni hech kimga ravo koʻrmayman”, - deydi shifokor.

“Omikron” Oʻzbekistongacha yetib kelgan: beparvo boʻlmaylik

Musayevaning soʻzlariga koʻra, ikki mingta oʻringa moʻljallangan “Zangiota-2” shifoxonasida ayni kunlarda 400-500 nafar bemor davolanmoqda.
“Bizda bemorlarni davolash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Zamonaviy tibbiy jihozlar, kerakli dori vositalarining hammasi mavjud”, - deydi u.
Pandemiya davrida yordam berish va tajriba almashish uchun shifoxonaga tashrif buyurgan qator xorijlik, jumladan, rossiyalik shifokorlar buni alohida qayd etishgan. Shifoxonada bugungi kunda avj olayotgan koronavirusning yangi omikron shtammiga qarshi kurashish uchun ham tayyorgarlik koʻrilgan. Zaruriy choralar qabul qilingan. Tajribali shifokorlar bu shtammga ham qarshi kurashishga har doimgidek shaylar.
Rossiyalik reanimatolog: Oʻzbekiston COVID-19 pandemiyasiga tayyorligi bilan hayratlantirdi
“Kasallik butunlay chekingani yoʻq, shunday ekan fuqarolar karantin qoidalariga rioya etishda davom etishi kerak. Xorij mamlakatlarida koronavirusning yangidan-yangi shtammlari tarqalayotgan bir paytda har bir kishi oʻzini himoya qilishi juda muhim”, - deya xulosa qildi Barno Musayeva.
Oʻzbekistonda Omicron shtammi aniqlandi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala