Siyosat

Qozogʻiston yangi bosh vaziri Aripov va Mishustin bilan telefon suhbati oʻtkazdi

© Sputnik / Abzal KaliyevAlixan Smailov
Alixan Smailov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.01.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Smailov Aripovga Oʻzbekiston bilan oldin erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning qatʼiy tarafdori ekanini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 12 yanv - Sputnik. Qozogʻiston yangi bosh vaziri Alixan Smailov Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan telefon suhbati oʻtkazdi.
Suhbat davomida Abdulla Aripov Smailovni ushbu lavozimga saylanishi munosabati bilan tabrikladi. Tomonlar ikki tomonlama va koʻp tomonlama formatda strategik hamkorlikni mustahkamlashga ishonch bildirdilar.

"Qozogʻiston hukumati qardosh Oʻzbekiston Respublikasi bilan strategik hamkorlikni mustahkamlashning va oldingi erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning qatʼiy tarafdori boʻlib qoladi. Ishonchim komilki, ikki tomonlama hamkorlik kun tartibida belgilangan rejalar birgalikda amalga oshiriladi", - dedi Smailov.

Qozogʻiston yangi bosh vaziri, shuningdek, Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan ana shunday suhbat oʻtkzdi. Unda Smailov Rossiya va Qozogʻiston orasida oldin erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga qatʼiy ishonch bildirdi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Qozogʻistonning eng yirik xorijiy hamkorlaridan biridir. Markaziy Osiyo hududlararo savdosining 70% Oʻzbekiston va Qozogʻiston ulushiga toʻgʻri keladi. 2021 yilning 10 oyida ikki tomonlama savdo-sotiq hajmi $3,26 mlrdni tashkil qildi. Bu 2020 yilning muvofiq koʻrsatgichlariga nisbatan 30%ga koʻp. 2021 yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Qozogʻistonning eng yirik 5ta xorijiy hamkorlari roʻyxatiga kirishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0