Rossiya

Rossiya fuqaroligini olish tartibi soddalashtirilishi mumkin

© Sputnik / Maksim BlinovPasport grajdanina Rossii
Pasport grajdanina Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.01.2022
Fuqarolik toʻgʻrisidagi yangi qonun loyihasi fevral oyida Davlat Dumasida koʻrib chiqilishi mumkin.
TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. Fuqarolik toʻgʻrisidagi yangi qonun loyihasi fevral oyida Davlat Dumasida koʻrib chiqilishi mumkin, bu haqda Davlat Dumasi Kengashining parlament maʼlumotlar bazasida eʼlon qilingan qarorda bayon etilgan.
Oʻtgan yil oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat Dumasiga “Rossiya fuqaroligi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini kiritgandi. Hujjat 20 tadan ortiq toifadagi shaxslar uchun Rossiya fuqaroligini olish tartibini soddalashtirishni nazarda tutadi, shuningdek, ayrim jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning Rossiya fuqaroligidan mahrum etish tartibini joriy qiladi.
Davlat Dumasi Kengashi qaroriga koʻra, fuqarolik toʻgʻrisidagi yangi qonun loyihasiga qoʻshimcha va takliflar 31 yanvarga qadar Dumaning MDH, Yevrosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar boʻyicha qoʻmitasiga yuborish kerak.
“Qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlash muddati – 2022 yil fevral deb belgilansin”, — deyilgan hujjatda.
Mavzuga doir materiallar:
Rossiya fuqaroligi: Putin yangi qonun loyihasini parlamentga kiritdi
IIV qancha xorijlik Rossiya fuqaroligini olgani haqida maʼlumot berdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala