Texnikum bitiruvchilarini OTMga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi tasdiqlandi

© SputnikSdacha vstupitelnix ekzamenov na stadione "Bunyodkor"
Sdacha vstupitelnix ekzamenov na stadione Bunyodkor - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2022
Obuna bo‘lish
Mazkur tartib 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, bitiruvchi texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan yildan boshlab ikki yil mobaynida tatbiq etiladi.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTMlarga suhbat asosida 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish uchun qabul qilish tartibi belgilandi. Hukumat qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi.
Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari "5 (a’lo)" va "4 (yaxshi)", biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun kamida 85 foizi) "5 (a’lo)" bo‘lgan bitiruvchilar kiradi.
Mazkur tartib 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, bitiruvchi texnikumni tamomlagan yildan boshlab ikki yil mobaynida tatbiq etiladi.
Yuqoridagi toifaga kirmaydigan va texnikumni bitirganiga ikki yildan oshganlar o‘qishga kirish istagini bildirganda, ularni oliygohlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. O‘qishga qabul qilish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Bitiruvchilar har yili 5-iyuldan 25-iyulga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadilar.
Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlayotganlarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi qanday

Bunda bitiruvchilardan pasport yoki ID-karta nusxasi, texnikumni bitirganlik to‘g‘risidagi hujjatva unga ilovaning nusxasini yuklashi talab etiladi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan bitiruvchilarning tizimga yuklangan hujjatlari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan har yili 5-avgustga qadar o‘rganib chiqiladi.
O‘rganish natijalari bo‘yicha abituriyentlarning shaxsiy kabineti orqali ularga xabar beriladi.
Bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan suhbat jarayoni har yili 10-avgustdan 25-avgustgacha, oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan muddatda o‘tkaziladi.
Texnikumlar va kollejlar OTMga o‘qishga kirmaganlarni bepul o‘qitadi

Ushbu nizom oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga, Toshkent davlat yuridik universitetiga, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0