Tolibon* O‘zbekiston va Tojikistonga olib qochilgan vertolotlar bo‘yicha pozitsiyasini bildirdi

© REUTERS / Stringer Voyenniy vertolet CH-46 Sea Knight nad Kabulom
Voyenniy vertolet CH-46 Sea Knight nad Kabulom  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2022
Obuna bo‘lish
Tolibon* hukumati mudofaa vaziri Mulla Yoqub afg‘on uchuvchilari olib qochgan harbiy vertolotlarni qaytarishni talab qildi.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Tolibon* hukumati mudofaa vaziri Mulla Muhammad Yoqub o‘tgan avgust oyida mamlakatda hokimiyat almashganidan keyin afg‘on uchuvchilari olib qochgan harbiy vertolotlarni qaytarishni talab qildi. U havo kemalari O‘zbekiston va Tojikistonga o‘g‘irlab ketilgani va ular qaytarish kerakligini aytdi, deb yozadi Sputnik Afg‘oniston.
Xorijga qochgan harbiy xizmatchi va uchuvchilarga vatanga qaytish taklif qilinmoqda. Toliblar ularni o‘z hukmronligiga qarshilikni to‘xtatishga chaqirmoqda.
Ilgariroq Tolibon* vakillari qo‘shni davlatlar bilan vertolotlarni Afg‘onistonga qaytarish bo‘yicha muzokaralarni boshlangani haqida xabar bergandi.
Toliblarning vakili Inamulla Samangoniyning so‘zlariga ko‘ra, 40 dan ortiq vertolot qo‘shni davlatlarga, asosan, Tojikiston va O‘zbekistonga olib ketildi. Biroq qo‘shni respublikalarga olib qochilgan vertolotlarning aniq soni ma’lum qilinmagan.
* tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida
Yangiliklar lentasi
0