Kolumnistlar

Gʻarb Rossiya xavfsizlik kafolatlarini rad etdi: endi nima boʻladi?

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Fotobankka oʻtishSovet Rossiya - NATO v Bryussele
Sovet Rossiya - NATO v Bryussele - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.01.2022
Rossiyaning Gʻarb bilan xavfsizlik kafolatiga bagʻishlangan muzokaralarining birinchi raundi nihoyasiga yetdi: Jenevada Rossiya-Amerika uchrashuvlari, Bryusselda esa NATO bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi.
Bugun Vena shahrida YEXHT formatida yana bir uchrashuv boʻlib oʻtadi, biroq u shunchaki rasmiy xarakterga ega. Xoʻsh, qanday natijalar haqida gapirish mumkin?
Hech kim Rossiyaning misli koʻrilmagan darajada qattiq shaklda tuzilgan takliflari Qoʻshma Shtatlar tomonidan qabul qilinishini kutmagan edi, chunki ulardan eng muhimi - NATOning sharqqa (birinchi navbatda, Ukraina haqida soʻz borgan edi) kengayishidan voz kechish talabi- aslida Moskvaga alyansning kengayishiga veto qoʻyish huquqini berishni nazarda tutadi.
Garchi xohlasa ham, Vashington bunga rozi boʻla olmasdi. Bu nafaqat Kiyev hukumatining butunlay tushkunligiga, balki alyansning yevropalik aʼzolari oʻrtasida qoʻzgʻolonga olib keladi.
Rossiya – NATO kengashi: oʻzaro yon berish yoki urush sari yoʻl?
Ular Ukrainani ittifoqqa qoʻshishni orzu qilganlari yoki hech boʻlmaganda uning atlantizatsiyasi boshlanishi - asosiy qitʼa derjavalari bunga mutlaqo muhtoj emasligi uchun emas, balki AQShning Moskva bilan til biriktirishi ittifoqchilar fikrini butunlay mensimaslik sifatida baholanishi uchun.
“Biz bilan hisoblashishmaydi, bu yerda esa Tramp ham Oq uyga qaytishi mumkin, keyin esa Amerika bizni umuman taqdir hukmiga tashlab qoʻyadi”- bu kabi kayfiyat va tuygʻular oʻzini mustaqil deb daʼvo qiladigan, ammo oʻzini-oʻzi taʼminlay olmaydigan Yevropa poytaxtlarida shundoq ham allaqachondan buyon kezib yuribdi.
Shu sababli ham asosiy masala boʻyicha muzokaralar natijasi oldindan aniq edi: davlat kotibi oʻrinbosari Sherman ham, bosh kotib Stoltenberg ham Rossiya vakillari bilan uchrashuvlardan soʻng, ruslar Ukrainani NATOga qabul qilmaslik haqida hech qanday vaʼdani kutmasligi kerakligini tasdiqladilar.
“Barcha aʼzolar ittifoqning asosiy printsipi boʻyicha birlashgan: har bir davlat oʻz yoʻlini tanlashda erkin. Kiyev qachon alyansga aʼzo boʻlishga tayyorligini faqat Ukraina va NATOning 30 ta aʼzosi hal qilishi mumkin... Bularning barchasi “siz shunchaki meni yonimda boʻlganingiz uchun xohlaganingizni qila olmaysiz” kabi taʼsir doiralarini qayta tiklashga urinishdir ... Bu juda xavfli yoʻl”.
Stoltenberg NATOning agressivligi haqidagi ayblovlarni rad etib, alyansning kengayishi xavfli emasligini, chunki demokratiya shu tarzda tarqalayotganini aytdi. Ammo Yevropada harbiy mojaro xavfi bor va u Gruziya, Ukraina va Moldovada qurolli kuchlari boʻlgan Rossiyadan keladi.
Axir ularni u yerga hech kim chaqirmagan - Bosh kotib ham Rossiyani bu davlatlardan oʻz qoʻshinlarini olib chiqishga chaqirdi.
Yaʼni, ular aytishiga koʻra, biz NATOni tajovuzkorlikda ayblamoqdamiz, lekin ular aslida demokratiya olib kelmoqda. Biz, ruslar esa ularga demokratiyani Sharq tomon uzoqroq olib borishiga toʻsqinlik qilyapmiz.
Shu bilan birga, tomonlar muzokaralarni davom ettirishga kelishib olishdi. Axir cheksiz muhokama qilish mumkin boʻlgan qurollarni joylashtirish va ularni tekshirish kabi muhokama qilish mumkin boʻlgan mavzular juda koʻp.
Biz uchun eng muhim boʻlgan boʻlgan masala “kengaymaslik kafolati” haqidagi savolga qatʼiy “yoʻq” javobi olinganidan soʻng boshqa masalalarni muhokama qilishdan maʼno unchalik koʻp emas.
Xoʻsh, xotirjam oʻylab koʻrsak, oʻzi ushbu kafolatlar bizga nima uchun kerak boʻlib qoldi? Nega oʻzi Moskva bu ishni shoshilinch boshlab yubordi? “Bizga kafolatlar kerak, shoshilinch ravishda”. Garchi javob sirtda boʻlsa ham odamlar bu savol ustida bosh qotirmoqdalar.
Bir oy oldin Vladimir Putin bu savolni shtatlarni biror narsadan voz kechishga undagani uchun emas, balki global dunyo tartibini qayta qurishda yangi bob ochish vaqti kelgani uchun toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻygan edi.
Gʻarb Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligi haqidagi vasvasasini hadeb takrorlayverdi va yil oxiriga kelib, bunga oʻzini ishontirdi.
Aslida esa, hech kim Kiyevni NATOga qabul qilmoqchi emas edi (yaʼni, aniq muddatlarni belgilash) bunday qilib Moskvani yaqqol qoʻzgʻatib yuborish hali ham juda xavfli, atlantika strateglari ham buni tushunishadi. Ammo Ukraina ustidan nazoratni ham cheksiz ushlab turishning iloji yoʻqligini ham anglashadi. Bu esa Rossiyaga bosim oʻtkazish, mamlakatimizni ushlab turish uchun undan foydalanish tobora qiyinlashayotganini anglatadi.
“Iblisona” rejalar: AQSH va NATO qardosh xalqlar orasida urush chiqarmoqchi
Ukrainani juda qimmatli boylik va uni yoʻqotish muqarrarligi haqidagi fikrlarga chidash ham juda ogʻir. Demak, buni imkon qadar orqaga surish, Kremlni esa Gʻarb Ukrainadan osonlikcha voz kechmasligiga ishontirishga harakat qilish kerak. Qanday ishontirish mumkin? Vaziyatni “Rus bosqini tahdidi” va “buning uchun dahshatli narx toʻlanishi” atrofida aylantirib imkon qadar ulushlarni yuqoriga koʻtarish bilan.
Shu yerda Putin tashabbusni oʻz qoʻliga oldi: u Gʻarbning Sharq tomon yurishiga Rossiyaning boshqa toqati qolmaganini eʼlon qilib, qarshi yurish qildi. Bu buni kutishni istamaymiz, aslida bizni status-kvo qoniqtirmaydi - biz Ukrainaning NATOga aʼzo boʻlishi bilan bogʻliq noaniqlikni oʻzimiz uchun foydasiz deb hisoblaymiz va bunga toqat qilmaymiz.
Putinning Gʻarbga Kiyevdan chekinish taklifi – boshidanoq qabul qilib boʻlmaydigan edi, biroq bu yangi voqelik, yangi oʻyin qoidalari paydo boʻlganini koʻrsatar edi. Endi Rossiyadan Ukrainaga hujum qilmaslikni talab qiladiyotgan Gʻarb emas, balki Moskva oʻz qoidalariga koʻra Gʻarbga oʻyin tugaganini eʼlon qilardi.
Yaʼni, siz bizning manfaatlarimizga shunchalar mensimay qarab, yana NATO yordamida demokratiyani targʻib qilish haqida gapiryapsizmi? Shundoq tarixiy Rossiya hududida-ya? Demak, yana xudojoʻy nasroniylarning sxizmatiklarga qarshi salb yurishi - ming yil oʻtsa ham hech narsa oʻzgarmas ekanda.
Unaqada bizning javobimizga hayron boʻlmang, xavfsizligimizni taʼminlash uchun biz hamma narsani qilamiz.
Yoʻq, biz ertaga Kiyevga hujum qilmaymiz (bu barcha rusofoblarning orzusi – asli ruslar, katta ruslar va kichik ruslar oʻrtasida fuqarolik urushini uyushtirish), ammo cheklash siyosatiga postsovet hududida va butun dunyoda simmetrik va assimetrik qarama-qarshilik javobi beriladi turadi.
Xulosa qilib aytganda, biz soʻnggi yillarda (eski atlantik tuzilmaning oʻrniga) yangi dunyo tartibini barpo etish ustida ishladik. Endi boʻlsa, Gʻarb Putinning takliflarini rasman rad etganidan soʻng, biz buni boshqa geosiyosiy voqelikda, yangi dunyo tartibi koordinatalar tizimida amalga oshiramiz.
Va nafaqat biz, balki Gʻarb ham oʻzining Rossiya bilan munosabatlarini yangi qoidalar asosida qurishga majbur boʻladi. Va nafaqat Rossiya bilan: bir haftadan soʻng Eron yangi prezidenti Moskvaga uchib keladi, uch haftadan soʻng Vladimir Putin Pekinga joʻnab ketadi. Olimpiada ochilishi - va xavfsizlik arxitekturasini qurishining yangi bosqichi boshlanishiga. Faqat Rossiya emas, global xavfsizlik arxitekturasining.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala