“Iblisona” rejalar: AQSh va NATO qardosh xalqlar orasida urush chiqarmoqchi

© Sputnik / Vladimir TrefilovGosudarstvennie flagi Rossii i SShA
Gosudarstvennie flagi Rossii i SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2022
Obuna bo‘lish
Polshaning Mysl Polska nashri AQSh va NATOning Rossiya va Ukraina orasida to‘laqonli urush chiqarish to‘g‘risidagi rejalarini "iblisiona" deb atadi.
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. AQSh va NATO Rossiya xavfsizligi kafolati to‘g‘risidagi muzokaralarni barbod qilib, Moskva va Kiyev orasida to‘laqonli urush chiqarmoqchi, deb yozadi Polshaning Mysl Polska gazetasi. RIA Novosti xabariga asosan.
“Mening fikrimcha ushbu muzokaralardan hech narsa chiqmaydi, AQSh va ularning mahsuli NATO mojaroni yanada avj oldirishni istaydi”, - deb yozadi maqola muallifi.
Maqolada aytilishiga ko‘ra, Vashington Moskvani urushga jalb qilmoqchi, lekin unda uning o‘zi ishtirok etmaydi.
“AQSh va NATO yadroviy urushni istamaydi, axir unda g‘olib bo‘lmaydi. Ularga Ukrainada urush kerak va unga Rossiyani jalb etish kerak”, - deb yozadi nashr.
Jangovar harakatlar sodir bo‘lgan taqdirda AQSh va NATO davlatlari fuqarolari zarar ko‘rmaydi, lekin Polsha bundan zarar ko‘rishi mumkin.
Muallif shuningdek, Amerikaning biri biriga yaqin va o‘xshash bo‘lgan ikki xalqni urishtirishga urinishini – iblisona reja deb ataydi.
“Umumiy diniy, madaniy va etnik ildizlarga ega bo‘lgan rus va ukrain xalqlarini bir-biriga qarshi qayrash, ularni bir-birini o‘ldirishga olib keladigan katta urush tashkil qilish – bu darhaqiqat iblisona rejadir”, - deb yozadi muallif.
Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni Jenevada Rossiya – NATO kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya tomonidan taklif qilingan “Rossiya xavfsizlik kafolatlari” shartnomasi muhokama qilingan edi.
Rossiya NATOdan sobiq Ittifoq respublikalari hisobidan alyansni kengaytirmaslikni, Rossiya chegaralari yaqinida zarba beruvchi qurollarni joylashtirmaslikni, Yevropadan Amerika yadroviy qurollarini olib chiqish tashabbusini qo‘ygan edi. Muzokaralar boshlanmasdan oldin Vashington shartnomaning ayrim bo‘limlari “qabul qilib bo‘lmasligini” ma’lum qildi.
So‘nggi bir necha oy ichida G‘arb OAVlarida Rossiya Ukraina chegarasi yaqinida qo‘shin to‘playotgani va yaqin vaqt ichida Ukrainaga bostirib kirishni rejalashtirayotgani haqida yolg‘on xabarlar chop etib kelinmoqda. Kreml bo‘lsa, Rossiya o‘z qo‘shinlarini mamlakat ichida u joydan bu joyga ko‘chirishga haqli ekanini va bu hech kimga xavf solmayotganini va shu sabab hech kimni bezovta qilmasligi kerakligini aytib o‘tgan edi.
Yangiliklar lentasi
0