Investitsiyalar va eksport miqdori oshmoqda - vazirlik

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2022
Obuna bo‘lish
Yangi korxonalarda 273 mingdan ortiq ish o‘rni tashkil etilgan hamda ular eksport uchun mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
TOShKENT, 13 yanv - Sputnik. O‘tgan 2021-yilda O‘zbekiston iqtisodiga kiritilgan jami investitsiyalar miqdori 10 milliard dollardan oshdi. Bu haqida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 12-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan majlisda xabar qildi.
Kirtilgan investitsiyalardan 8 milliard 100 million dollari - to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir. Ushbu investitsiyalar o‘zlashtirilishi natijasida 318 ta yirik va 15 mingdan ziyod hududiy loyihalar amalga oshirilibgan, deyiladi xabarda.
Yangi korxonalarda 273 mingdan ortiq ish o‘rni tashkil etilgan hamda ular ishlab chiqargan mahsulot kelajakda 1 milliard dollardan ziyod eksport va 530 million dollarlik import o‘rnini to‘ldirish imkoniyatiga ega.
O‘zbekiston (sof) eksporti 2021-yilda sezilarli darajada oshdi, xususan 2020-yilda O‘zbekistondan tovar va xizmatlar eksporti miqdori 9 milliard dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2021-yilda - 12 milliard dollarni tashkil etgan. Bunda eksport tarkibi asosan tayyor va yarim tayyor mahsulotlar hisobidan ko‘paygan.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga ko‘ra, 2022-yilda to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hajmini 9,5 milliard dollarga, eksport hajmini 14 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0