KXSHT tinchlikparvar kuchlari Qozogʻistondan chiqib ketishga tayyorlanmoqda - video

© Ministerstvo oboronы RF / Mediabankka oʻtishProdoljayetsya perebroska osnovnыx sil rossiyskix mirotvortsev ODKB v Kazaxstan
Prodoljayetsya perebroska osnovnыx sil rossiyskix mirotvortsev ODKB v Kazaxstan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.01.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Tinchlikparvar kuchlarining birinchi guruhi doimiy joylashgan joyiga qaytish maqsadida texnika va moddiy vositalarni Rossiya Havo-kosmik kuchlari samolyotlariga yuklash uchun tayyorlashni boshladi.
TOSHKENT, 13 yanv - Sputnik. KXSHT kuchlari qoʻriqlanayotgan obʼyektlarni Qozogʻiston kuch ishlatar tizimlariga topishirishni boshladi. Tinchlikparvar kuchlarining birinchi guruhi mamlakatni tark etishni boshladi, deb xabar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.
"KXSHT tinchlikparvar kuchlari qoʻmondonligi va Qozogʻiston Mudofa vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan rejaga asosan, tinchlikparvar kuchlar tomonidan qoʻriqlanayotgan ijtimoiy muhim obʼyektlarni Qozogʻiston huquqni saqlash organlariga topshirish boshlandi", - deyilgan xabarda.
Tinchlikparvar kuchlarining birinchi guruhi doimiy joylashgan joyiga qaytish maqsadida texnika va moddiy vositalarni Rossiya Havo-kosmik kuchlari samolyotlariga yuklash uchun tayyorlashni boshladi.
Xabarda aytilishiga koʻra, KXSHT tinchlikparvar kuchlarini oʻz mamlakatlariga qaytarish Qozogʻiston tomoni bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, Qosim-Jomart Toqayev 11 yanvar kuni parlament oldida chiqishida Qozogʻistonda vaziyat barqarorlashganini va KXSHT tinchlikparvar kuchlari qisqa vaqt ichida respublika hududidan olib chiqilishini maʼlum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0