Dunyoda

Oʻzbekiston Afgʻonistonga elektr energiyasi eksportini 60 %ga qisqartirdi

© Sputnik / Andrey Sorokin / Fotobankka oʻtishLinii elektroperedach v moroz, arxivnoye foto
Linii elektroperedach v moroz, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.01.2022
Oʻzbekiston Afgʻonistonga elektr energiyasi eksportini 60 foizga qisqartirdi – DABS kompaniyasi.
TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston Afgʻonistonga elektr energiyasi eksportini 60 foizga qisqartirdi.
Bu haqda Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) energetika kompaniyasi xabar berdi.

"Oʻzbekiston bizga <...> ular ustida ish olib borayotgan texnik muammo borligini, natijada Afgʻonistonga eksport qilinadigan elektr energiyasi yetkazib berish qisqarganini aytdi. Ular muammo ikki-uch kun ichida hal boʻlishini maʼlum qilishdi", - deb taʼkidlandi DABS kompaniyasida.

Elektr energiyasi importining qisqarishi Afgʻonistonning 16 viloyatida elektr taʼminotida uzoq muddatli uzilishlarga olib keldi.
Afgʻoniston Sanoatchilar uyushmasi rahbari Jabbor Safiyning aytishicha, elektr taʼminotidagi uzilishlar korxonalar toʻxtab qolishiga mumkin.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning oktyabr oyida Afgʻoniston elektr energiyasi uchun Oʻzbekistondan 9,9 mln $ qarzdor ekanligi haqida xabar qilingandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala