Jamiyat

Oʻzbekiston koʻzi ojizlar toʻgʻrisidagi Marokash shartnomasiga qoʻshildi

© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk / Fotobankka oʻtishCpetsializirovannaya shkola dlya slepыx i slabovidyaщix detey
Cpetsializirovannaya shkola dlya slepыx i slabovidyaщix detey - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.01.2022
Mazkur shartnoma 2013 yilning 27 iyun kuni Marokashda qabul qilingan. Bugungi kunda koʻzi ojiz odamlar dunyoda 43 millionni tashkil etadi.
TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston koʻzi ojiz, koʻrishda nuqsoni boʻlgan va bosma axborotni idrok etishda boshqa jihatdan qobiliyati cheklangan shaxslarning nashr etilgan asarlardan foydalanishini yengillashtirish toʻgʻrisidagi Marokash shartnomasiga qoʻshildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan masʼul vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.
"Atrof-muhit bizni nogiron qilib qoʻyyapti" - koʻzi ojizlar jamiyati vakili
Mazkur shartnoma 2013 yilning 27 iyun kuni Marokashda qabul qilingan boʻlib, 2016 yilning 30 sentyabrida koʻchga kirgan. Shartnoma Butunjahon intellektual mulk tashkilotining mualliflik huquki boʻyicha tizimning bir qismidir.
Marokash shartnomasiga qoʻshilish gumanitar va ijtimoiy jihatlarga ega boʻlib, shartnomaning imzolanishi koʻrish qobiliyati va boshqa nogironligi boʻlgan shaxslar foydalanishi uchun moslashtirilgan kitoblar, jurnallar va boshqa bosma materiallar ishlab chiqarilishini kengaytiradi va ijtimoiy zaif guruhlar taʼlim olishi, madaniy-maʼrifiy rivojlanishi uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratadi.
Saida Mirziyoyeva koʻzi ojiz inson hayotining oʻn daqiqasini taʼsirli tasvirladi
Bugungi kunda koʻzi ojiz odamlar dunyoda 43 millionni tashkil etadi. Oʻzbekistonda esa koʻrish imkoniyati cheklangan 72 mingdan ortiq odamlar yashaydi. Ularning 52 ming nafarga yaqini kitobxon. Mamlakatda koʻzi ojiz insonlar uchun moʻljallangan 138 ta kutubxona mavjud.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala