Prezident Qurolli kuchlarning shakllanishi va isloh qilinishi haqida gapirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev posetil voyenno-akademicheskiy litsey “Temurbeklar maktabi” SGB
Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil voyenno-akademicheskiy litsey “Temurbeklar maktabi” SGB - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2022
Obuna bo‘lish
2016 yilda O‘zbekiston Qurolli kuchlari faoliyatini chuqur o‘rgangan holda, harbiy qurilishning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilingan.
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti, Qurolli kuchlar Oliy bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda uning matbuot kotibi xabar bermoqda.
Davlat rahbari ushbu majlis ulug‘ sana – O‘zbekiston Qurolli kuchlari (O‘QK) tashkil etilganining 30-yilligi arafasida o‘tkazilayotgani ta’kidlab, yig‘ilganlarni, Qurolli kuchlar saflarida xizmat qilayotgan barcha harbiylar va soha faxriylarini bayram bilan samimiy tabrikladi.
Prezident mamlakat Qurolli kuchlarining shakllanishi va isloh qilinishi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

“Albatta, Qurolli Kuchlarimizning shakllanish jarayoni dunyoda va mintaqamizda murakkab harbiy-siyosiy vaziyat hukm surgan davrga to‘g‘ri keldi. Islohotlarimiz natijasida mamlakatimiz xavfsizligi va xalqimiz osoyishtaligini ta’minlashga qodir bo‘lgan, har tomonlama zamonaviy qurollangan, qudratli armiyamiz shakllanmoqda”, - dedi Mirziyoyev.

2016 yilda QK faoliyatini chuqur o‘rgangan holda, harbiy qurilishning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilingan. Va besh yillik istiqbolga mo‘ljallangan, kechiktirib bo‘lmaydigan kompleks choralar ko‘rilgan..
ArMI-2021: O‘zbekiston o‘yinlarni tarixiy natija bilan yakunladi
“Aniq maqsadga qaratilgan ana shunday ishlar natijasida, armiyamiz qiyofasi ham, harbiy xizmatning ma’no-mazmuni ham tubdan o‘zgarmoqda. Qo‘shinlarning jangovar shayligi va tayyorgarlik darajasi keskin oshmoqda”, - dedi davlat rahbari.
O‘zbek armiyasi bir yilda qanchalik kuchaydi
Yangiliklar lentasi
0