Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoning soʻzlariga munosabat bildirdi - video

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev na zasedanii Soveta bezopasnosti
Shavkat Mirziyoyev na zasedanii Soveta bezopasnosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.01.2022
Shavkat Mirziyoyev Lukashenkoning soʻzlariga munosabat bildirdi.
TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. Mudofaani boshqarish milliy markazida 13 yanvar kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoning soʻzlariga munosabat bildirdi.
"Kuni kecha baʼzi davlat rahbarlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan voqealardan saboq chiqarishi lozimligi haqida asossiz bayonot berildi.
Biz mintaqadagi vaziyatni, xavfsizlikka boʻlgan barcha xavf-xatarlarni diqqat bilan kuzatib boryapmiz.
Har qanday tahdidga nisbatan munosib javob qaytarish va zarba berish uchun biz yetarli kuch va salohiyatga egamiz", dedi davlat rahbari.
Eslatib oʻtamiz, 10 yanvar kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko KXSHT kengashining navbatdan tashqari yigʻilishida Tashkilot davlatlari Qozogʻistondagi namoyishlardan saboq olishi kerakligini aytgandi. Oʻzbekiston bu holatga alohida eʼtibor qaratishi kerakligini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, shunday aytish uchun tezkor maʼlumotlar mavjud.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala