Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistondagi voqealarga munosabat bildirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.01.2022
Prezident: soʻnggi kunlarda biz uchun yaqin qoʻshni va qardosh boʻlgan Qozogʻistonda sodir boʻlgan voqealar hammamizni jiddiy tashvishga soldi.
TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni paytda davom etayotgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida Qozogʻistondagi voqealarga munosabat bildirdi.

“Soʻnggi kunlarda biz uchun yaqin qoʻshni va qardosh boʻlgan Qozogʻiston Respublikasida sodir boʻlgan voqealar hammamizni jiddiy tashvishga soldi. Biz ming yillar davomida qozoq xalqi bilan yaqin qoʻshni boʻlib, birgalikda yonma-yon yashab kelganmiz. Bizni umumiy tarix, urf-odat va madaniyat bogʻlab turadi. Kelajagimiz ham oʻzaro chambarchas bogʻliqdir”, - dedi prezident.

Mirziyoyev shu kunlarda u qozogʻistonlik hamkasbi Qasim-Jomart Toqayev bilan bir necha bor telefon orqali muloqot qilgani va Oʻzbekiston xalqi nomidan butun Qozogʻiston eli va rahbariga barqarorlik hamda farovonlikni taʼminlash borasidagi barcha saʼy-harakatlarini qatʼiy qoʻllab-quvvatlashini bildirganini taʼkidlagan.
Oʻzbekiston yetakchisi ushbu voqealarda qurbon boʻlganlarning oila aʼzolari va barcha yaqinlariga yana bir bor chuqur taʼziya va hamdardlik izhor qilgan. Jabrlangan insonlar ham tez orada sogʻayib ketishini tiladi.
“Yaratganga shukrki, qoʻshni mamlakatdagi vaziyat asta-sekin oʻz iziga tushib bormoqda, davlat tuzilmalari va ijtimoiy muassasalar oʻz faoliyatini qayta tiklamoqda, odamlar osoyishta hayotga qaytmoqda. Oʻz oʻtmishida koʻplab murakkab sinovlarni boshidan kechirgan donishmand qozoq xalqi bu ogʻir kunlarni ham tez orada mardona yengib oʻtishiga hamda yanada yakdil va hamjihat boʻlishiga ishonaman”,- deya xulosa qildi Mirziyoyev.
Olmaotadan xohlovchilar Oʻzbekistonga qaytariladi
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali Qozogʻistonda roʻy bergan voqealar nuqtai nazaridan Markaziy Osiyodagi vaziyatni muhakama qilgani xabar qilingan edi.

Qozogʻistondagi tartibsizliklar

2022 yil 2 yanvar kuni Qozogʻistonning Mangʻistau viloyatida suyultirilgan gazning narxi oshishi norozilik namoyishlarga sabab boʻldi. Norozilik toʻlqini boshqa shaharlarga ham tarqaldi. Qozogʻiston prezidenti gaz narxi oshishiga qarshi mitinglar vaqtida fuqarolarni igʻvolarga berilmaslikka chaqirdi. Hukumat isteʼfoga chiqarildi.
Biroq koʻrilgan choralarga qaramay, zoʻravonlikning yanada kuchayishi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ochiq qarshilikka aylandi. Ushbu harakatlar maʼmuriy muassasalar, ichki ishlar boʻlimlari, tinch aholi, jumladan, tibbiyot xodimlari, oʻt oʻchiruvchilarga ommaviy qurolli hujumlar koʻrinishida kechdi.
Qozogʻistonda 10 yanvar - milliy motam kuni
5 yanvar kuni Olmaotada maʼmuriy va harbiy obʼyektlarga hujumlar uyushtirilgan, aeroport egallab olingan, yoʻlovchi va yuk samolyotlari ushlab turilgan. Olmaota shahar ichki ishlar departamenti binosi atrofidagi jang ikki kecha davom etdi.
Tartibsizliklar ortidan butun mamlakat boʻylab 19 yanvargacha favqulodda holat joriy etildi, aksilterror operatsiya boshlandi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hujum qilganlar orasida radikal islomiy guruhlar tarafida "qaynoq nuqtalar"da jangovar qatnashish tajribasiga ega boʻlgan bor.
Respublika IIV maʼlumotlariga koʻra, bu voqealarda 17 nafar harbiy halok boʻlgan, 1300 nafari yaralandi. Qurbonlarning umumiy soni aniqlanmoqda.
Prezident Qasim-Jomart Toqayev “terrorchilik tahdidini bartaraf etishda” KXSHTdan yordam soʻradi.
Tashkilot tinchlikparvar kuchlarini Qozogʻistondagi vaziyatni yaxshilash uchun mamlakatga yubordi. Ularning Tinchlikparvar kuchlarining qisqa muddatda Qozogʻistonda boʻlish davridagi asosiy vazifasi oʻta muhim strategik obʼyektlarni qoʻriqlash edi.
13 yanvar kuni Qozogʻistondan KXSHT tinchlikparvar kuchlarini olib chiqish boshlandi. Bu qariyb 10 kun davom etadi.

Mavzuga oid:

Qozogʻistondagi ommaviy tartibsizliklar
Oʻzbek-qozoq chegarasida vaziyat qanday
Mirziyoyev va Toqayev telefon orqali muloqot qildi
Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston xalqiga taʼziya yoʻlladi
TIV: Oʻzbekiston fuqarolarining Qozogʻistonda hibsga olingani haqida maʼlumot yoʻq
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala