Yilning dastlabki 10 kunida tez yordamga chaqiriqlar soni oshdi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishRabota skoroy pomoshi v Moskve
Rabota skoroy pomoshi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2022
Obuna bo‘lish
So‘nggi kunlarda koronavirus bilan kasallanish holati keskin ortgani sabab tez yordam xizmatiga bo‘lgan talab va chaqiriqlar soni ham ko‘paygan.
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda yanvar oyining dastlabki 10 kunida tez yordam xizmatiga 349 ming 436 ta chaqiriq kelib tushgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, shu davr mobaynida tana haroratining ko‘tarilishi bo‘yicha 32 ming 400 ta, koronavirusga gumon qilingan, kasallikka chalingan va boshqa yuqumli kasalliklar bilan1338 ta murojaat qayd etilgan. So‘nggi kunlarda koronavirus bilan kasallanish holati keskin ortgani sabab tez yordam xizmatiga bo‘lgan talab va chaqiriqlar soni ham ko‘paygan.
“Omikron” O‘zbekistonda: mamlakat pandemiyaga qarshi qanday kurashmoqda
Taqqoslash uchun, 2021-yil dekabr oyi dastlabki o‘n kunligida tez yordamga murojaatlar soni 320 ming 980 tani tashkil qilgan edi.
Shuningdek, yanvar oyining ilk kunlari “103” xizmatiga bir kunda o‘rtacha 34 ming 600 ta chaqiriq qabul qilingan bo‘lsa, 9-10 yanvar kunlari murojaatlar soni biroz ortib, qariyb 37 mingtaga yetgan.
“Afsuski, so‘nggi kunlarda Toshkent shahar aholisi orasida COVID-19ga gumon qilingan, kasallik tasdiqlangan hamda boshqa yuqumli infeksiyalarga chalingan fuqarolar tomonidan “103” xizmatiga tez-tez murojaatlar bo‘lmoqda”, - deyilgan xabarda.
Xususan, joriy yilning 1-10 yanvar kunlari shahar “Tez yordam”ga jami 36 ming 925 ta chaqiriq kelib tushgan. Shundan tana haroratining ko‘tarilishi bo‘yicha 8636 ta, koronavirusga gumon qilingan, kasallikka chalingan va boshqa yuqumli kasalliklar bilan 663 nafar bemor murojaat qildi.
Koronavirus: Toshkent shahrida kasallanish keskin ko‘paymoqda
Shuningdek, jami 5751 nafar bemor kasalxonaga yotqizilgan.
Yangiliklar lentasi
0