Jamiyat

Seksolog xiyonatkor erkaklarning asosiy belgisini aytdi

© REUTERS / Matias BagliettoMujchina i jenщina v meditsinskoy maske tantsuyut tango v pochti pustom restorane v Buenos-Ayrese
Mujchina i jenщina v meditsinskoy maske tantsuyut tango v pochti pustom restorane v Buenos-Ayrese - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.01.2022
Shifokor-psixoterapevt, seksolog Aleksandr Poleyev xiyonatkor erkaklarning asosiy belgilarini sanab oʻtdi.
Oʻz tashqi koʻrinishi va chiroyiga haddan ziyod eʼtibor beradigan erkaklar boshqalarga qaraganda xiyonat qilishga koʻproq moyil boʻladi. Bu haqda NSN’ga bergan intervyusida shifokor-psixoterapevt, seksolog Aleksandr Poleyev maʼlum qildi.
Uning fikriga koʻra, erkaklarda goʻzal boʻlib koʻrinish xohish va xiyonat qilishga moyillik oʻrtasidagi bogʻliqlik mavjud.
“Sartaroshxonalarga tez-tez boradiganlar - bu haddan ziyod oʻzlariga qaraydigan erkaklardir. Ular orasida, goʻzallik salonlariga kamdan-kam tashrif buyuruvchilarga qaraganda, jazmani bor erkaklarning foizi shubhasiz yuqori” – deb hisoblaydi Poleyev.
Ayrim erkaklarda soqol moʻylarining qattiqligi, ularda testosteron yuqoriligi tufaylidir, deya taʼkidlaydi ekspert.
“Ehtimol, shuning uchun ular koʻproq xiyonat qilishi mumkin”, - deb taxmin qildi u.
Poleyev taʼkidlashicha, shunga oʻxshash tendentsiya kiyim-kechak doʻkonlariga tez-tez boradigan erkaklar orasida ham kuzatiladi
"Statistikaga koʻra, u yerga tez-tez boradigan erkaklarda ayollari koʻp boʻladi", - deydi seksolog. Shunga bu masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashish zarur talab qiladi, chunki oʻziga qarash istagi bilan ehtimol, erkak oʻz sevgilisiga yoqishni xohlaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala