Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Afgʻonistonda oʻzbeklar Tolibonga* qarshi norozilik namoyishiga chiqishdi - video

© REUTERS / West Asia News AgencyBoyets "Talibana"* s vintovkoy v parke razvlecheniy v Kabule
Boyets Talibana* s vintovkoy v parke razvlecheniy v Kabule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.01.2022
Tolibon* tomonidan mahalliy oʻzbek qoʻmondonini hibsga olingani uchun Faryob aholisi namoyishga chiqdi.
TOSHKENT, 14 yanv — Sputnik. Mozori Sharifda Tolibon* mudofaa vaziri oʻrinbosari mulla Fazl boshchiligida Afgʻoniston oʻzbeklarining koʻzga koʻringan vakili Mahdum Aʼlam hibsga olindi, bu haqda sobiq viloyat gubernatori Naqibulla Fayq xabar qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, Mahdum Aʼlam “Tolibon*ning Faryobdagi birinchi odami” boʻlgan, Faryob, Sari-Pul va Juzjon viloyatlarida jangarilar amaliyotiga qoʻmondonlik qilgan – toliblarning hududdagi muvaffaqiyatlari uning nomi bilan bogʻliq.
Hozir Tolibon* Mahdum Aʼlamni va toliblar tomonida jang qilgan yuzlab oʻzbeklarni qamoqqa tashladi.
Bu maʼlumotni Aamaj News nashrining manbalari ham tasdiqladi. Hozir Faryob viloyati markazi Maymen shahrida harbiy holat joriy etildi - Mahdum Aʼlam tarafdorlari koʻchalarga chiqishdi.
Namoyishga chiqqan oʻzbeklar toliblar* pikapidan 12,7 mm Browning M2 pulemyotini olib tashlashdi, jangaridan esa avtomatni tortib olishdi.
Agar toliblar oʻzbek qoʻmondoni Mahdum Aʼlamni kechgacha ozod qilmasa, Faryob ularga boʻysunishni toʻxtadi. Namoyishchilar bu talabini qoʻmondonning ishonchli odamlaridan biri Torkoʻgʻli Aamaj News nashriga maʼlum qildi.
“Faryobda Tolibon* bayrogʻi abadiy tushiriladi”, - deb ogohlantirdi u.
Maymanda bugun oʻzbeklar yana norozilik namoyishiga chiqishdi.
“Tolibon”*ning pushtun boʻlinmalari qurolsizlanib, Faryob viloyatidan olib chiqib ketilgani aytilmoqda.
* tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanktsiyalari ostida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala