Analitika

AQSH birinchi boʻlib ekologik poygadan chiqdi

© PATRICK T. FALLONNeftepererabatыvayuщeye predpriyatiye shtat Luiziana, SSHA
Neftepererabatыvayuщeye predpriyatiye shtat Luiziana, SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.01.2022
Oʻtgan yil oxirida AQSH koʻmir qazib olish, atmosferaga uglevodorodlar chiqarish hajmi boʻyicha pandemiyadan oldingi koʻrsatgichlaridan oshib ketdi.
Bir talay koʻrsatgichlar boʻyicha dunyo yetakchisi boʻlgan Amerika Qoʻshma shtatlari, 2022 yilga koʻpchillik uchun kutilmagan koʻrinishida kirib kelmoqda. Atrof muhitni himoya qilish boʻyicha xalqaro tashkilotlar AQShdan juda xafa: ular iqtisodni tiklashg va pandemiyadan chiqish maqsadida uglevodorodlardan voz kechish boʻyicha qoʻyilgan maqsadlardan tobora uzoqlashib ketmoqda.
Hisob-kitoblarga koʻra, oʻtgan yilda Amerikada atmosferaga chiqarilgan issiqxona gazlarining umumiy miqdori deyarli 7% ga oʻsgan. Sabab – qazib olinayotgan uglevodorodli yonilgʻi hajmi oʻsishi, aniqrogʻi tabiiy gaz va koʻmir. Ushbu koʻrsatgichlar dastlabki boʻlsa-da, lekin ular hozirdanoq, AQSH energiya balansida muqobil energetika ulushi oʻsishiga qaramasldan, ushbu qayta tiklanadigan energetika tarafdorlarining hafsalasini pir qilmoqda.
Pandemiyaning ikki yili jahon iqtisodiyoti uchun shokka aylandi, koʻpchillikning hayotiga jiddiy noqulayliklar olib keldi va turmush tarzini oʻzgartirib yubordi. Faqat toza energetika tarafdorlari uchun ushbu davr haqiqiy baxt yillari boʻldi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Chunki 2019-2020 yillarda AQShda issiqxona gazlari miqdori tarixiy eng past darajalarga tushib ketdi va Ikkinchi Jahon urushi yillardan keyingi yillar darajasiga yetdi.Hatto 2021 yilda ham koʻrsatgichlar pandemiyadan oldingi yillardagidan 5% kam edi.
Yashillar uchun hammasi juda yaxshi ketayotgan edi. Muqobil energetika ulushi AQSH tarixida ilk bor 20%ni tashkil qildi, yaʼni yiliga 820 teravatt-soatga. va atom energetikasi sohasi koʻrsatgichlariga yaqinlashdi. Eslatib oʻtamiz, atom energetikasi boʻyicha AQSH dunyoning eng yirik davlati. Oʻtgan yilning oktyabr oyida ushbu mamlkatda 90ta reaktor faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.
Ushbu koʻrsatgich boʻyicha dunyoning ikkinchi yirik davlati Frantsiyada – reaktorlar soni 2 baravar kam. U yerda jami 56ta energoblok bor. Aytish joizki Amerika qayta tiklar energiya segmentiga gidro elektro stantsiyalarni ham qoʻshib hisoblaydi. Amerika GESlari jami energetikaning kamida 6%ini taʼminlaydi. Davlat Energetika maʼmuriyati (Energy Information Administration) ushbu sektor ulushi yaqin vaqt ichida yana 1%ga oʻsishini prognoz qilmoqda.
Quyosh energetika qurilmalari mulkdorlari esa, 2022 -2023 yillarda 29 va 28 gigavat yangi quvvatalr joriy etishglarini maʼlum qilishgan. Bu mavjud imkoniyatlarni ikki baravar oshirish degani. Lekin ushbu raqamlar ham doim reja, kutilma va umid degan sezlar bilan birga keltirilgan. Lekin qazib olinadigan energiya manbaalari va ular yordamida olinadigan elektr quvvati esa – aniq fakt.
Oʻtgan yil koʻrsatgichlari fevralda chop etiladi, lekin hozirdan maʼlumki AQShda koʻmir qazib olish koʻrsatgichlari keskin yuqoriga sakragan. Eng kamtar hisob-kitoblarga koʻra, AQSH koʻmirchilari 2021 yilda oldingi yilga nisbatan 10% koʻproq koʻmir qazib olishgan. Sof oʻsish miqdori oʻrtacha 55-60 million tonnani tashkil qilgan.
Maʼlumki, qazib olingan qora oltin shunchaki havoga uchib ketmagan. Ular IESlarda elektr tokiga aylanib har bir xonadon va korxonaga kirib borgan. IESlarda koʻmir orqali olingan quvvat miqdori qayta tiklanadigan manbaalardan olinadigan elektr quvvatiga tenglashgan va
1000 teravatt-soat koʻrsatgichga yetgan. Shu bilan birga koʻmir eksporti ham oshgan (+52%) va uning aksariyati Osiyo bozorlariga – Hindiston, Janubiy Koreya va Yaponiyaga yetkazib berilgan.
AQSH BMTning atom energetikasini xvfsiz energiya deb tan olish rejalariga hozircha hech qanday izoh bermagan, lekin mahalliy ekologlar buni oʻz kuchlari bilan tan olishga tayyor.
Yomoni shuki, AQSH AESlari katta tezlikda eskirib bormoqda va kelajakda yangi obʼyektlar qurish rejalari ham koʻrinmayapti. Kongressning ikkala palatasi tomonidan tasdiqlangan soʻnggi loyiha Vogtle AESi 2012 yilda imzolangan edi. Ayni damda bu AQShda qurilayotgan yagona AES.
Shu bilan bir vaqtda ekspertlar fikriga koʻra, anʼanaviy eneregetika manbaalarini hozircha shamol va quyosh energiyasi bilan almashtirishning iloji yoʻq. Masalan, AQShning Shimoliy Dakota shtati va qoʻshni Kanadaning Alberta viloyatida kuchli sovuq tufayli Keystone neft quvuri (bir vaqtlar Jo Bayden yopmoqchi boʻlgan) toʻxtab qolmoqda. Kuchli sovuq tufayli (-35) quvur egasi boʻlgan TC Energy kompaniyasini quvurdan neft haydashni toʻxtatishma majbur qilmoqda. Bu esa darhol birjada benzin va va dizel yonilgʻisi narxlari oʻsishiga olib keldi.
Lekin uglevodorodlar orasida qazib olish va isteʼmoli boʻyicha eng yuqori koʻrsatgichni – tabiiy gaz namoyish qildi. Soʻnggi 15 yil ichida AQShda elektr energiyai isteʼmoli ikki baravar oshdi. Agar 2005 yilda IESlar tabiiy gaz asosida 750 terravat-soat energiya ishlab chiqargan boʻlsa 2021 yilda 2100 terravat-soat boʻlishi kutilmoqda. Bu atom va yashil energetika birgalikda ishlab chiqargan umumiy quvvat bilan teng.
Aytmoqchi BMT tabiiy gazni ham toza energiya manbaalari safiga qoʻshishni rejalashtirmoqda. Lekn bugungi kun “yashillari” bunga mutlaq qarshi. Ular norozi boʻlishiga sabab bor. U.S. Environmental Protection Agency maʼlumotlariga koʻra, 2019 yilda gaz qazib olish, gazni qayta ishlash va foydalanish toʻxtatilgan skvajinalardan chiqayotgan gazlar, atmosferaga chiqarilayotgan jami metanning 3/1 qismini tashkil qildi. Eslatib oʻtamiz, aynan metan gazi Yer shari atmosferasini boshqa issiqxona gazlariga nisbatan 50 baravar koʻproq qizdiradi.
Atom energetikasi "yashil" energiya toifasiga oʻtadi - Saxo Bank
Xa, uglevodorodsiz kelajak haqidagi orzular tobutiga qoqilgan soʻnggi mix, bu – AQShda shaxsiy va boshqa transport vositalari bilan bogʻliq statistika boʻldi. Karantin cheklovlari bekor qilinishi bilan kompaniyalar yoʻqotilgan daromadlarni qaytarishga kirishishdi. Bu esa yuk tashish va boshqa transport xizmatlari bumi bilan yakunlandi. Oqibatda yil oxirida yuk avtomobillari va boshqa transport tomonidan atmosferaga chiqarilgan issiqxona va boshqa gazlar miqdori oldingi yilgan nisbatan 10%ga oshib ketdi.
Ushbu achchiq faktni amaldagi Amerika maʼmuriyati tomonidan atmosferada uglerodni tutib olish va toʻgʻri utilizatsiya qilish uchun texnik vositalar qurishga ruxsat berishi va buning uchun byudjetdan 3,5 milliard dolar ajratishi ham yumshata olmadi.
Gap ikki texnologiya haqida ketmoqda. Birinchisi – gazlarni havodan toʻgʻridan-toʻgʻri tutib olish (direct air capture) va ikkinchisi - tutib olish va saqlash (capture and storage) texnologiyalaridir.
Birinchi texnologiya ulkan ventilyatorlar oʻrnatib, havoni maxsus hajmlarga joylashni va uning ichidan kimyoviy suyuqliklar yordamidan havodan uglevodorodno ajaratib olishni, toza havoni esa qaytib atmosferaga chiqrishni nazarda tutadi. Keyinchalik olingan kimyoviy moddani qizdirib undan toza CO2, ajratib olinadi va suv bilan aralashtirib yerga koʻmiladi.
Ikkinchi uslub, 70-yillarda kashf qilingan. Oʻshanda neftchilar boʻshab qolgan skvajinalarni ikki oksidli uglerod bilan toʻldirib, qolgan-qutgan neftniu yerdan siqib chiqrish uslubiga asoslangan. Ushbu uslub ekologiya va atrof-muhitga qanday taʼsir qilishini hech kim bilmaydi.
Norvegiyaning Equinor ASA kompaniyasi bir vaqtlar ikki oksidli uglerod tabiiy boʻshliqlarda qamalganini aytib ekologik soliqdan qutulib qolgan edi.

Hisob-kitoblarga koʻra, 2050 yilda uglerod neytralligiga erishi uchun insoniyat ertadan boshlab yiliga 7,5 milliarda tonnadan ortiq gazlarni utilizatsiya qilishni boshlashi kerak.Yaʼni bugun insoniyat ishlab chiqarayotgan gazlarning beshdan birini. Lekin eng optimistik koʻrsatgichlarga koʻra, bugun havodan koʻpi bilan 40 million tonna uglerod tutib olinmoqda, yaʼni atigi 0,01 %.

Undan tashqari bugun CO2 gazlarini atmosferadan tutib olish uchun birorta na sanoat na iqtisodiy asoslangan texnologiya mavjud emas. Yaʼni Kongress tomonidan qabul qilingan qonun – bu shunchaki fiktsiya, koʻzni shamgʻalat qilish, yangi iqtisodiy reallikda Amerika ekologik siyosatining qulashi ifodasidir.
Soʻz yakunida faqat bitta aniq xulosani aytish mumkin. Dunyo siyosatida Amerika taʼsir kuchining kamaygani haqida hozircha bahslashish mumkin boʻlsa, global iqlim isishi borasida Vashington siyosati mutlaq magʻlubiyatga uchradi – bu aniq amalga oshgan fakt. Bizni keyingi gal porloq
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala