O‘zbekiston mudofaa doktrinasining 10ta muhim tamoyili

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston nima uchun hech qachon NATOga qo‘shilmaydi? O‘zbekiston mudofaa doktrinasining eng muhim tamoyillari nimadan iborat? Infografikamizda tanishing.
O‘zbekiston o‘z o‘z milliy xavfsizligini qanday ta’minlash maqsadida 1995-yilda qabul qilingan Harbiy doktrina o‘rniga 2018-yilda Mudofaa doktrinasini qabul qilgan edi.
Ushbu muhim qonuniy hujjatda O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim tamoyillari belgilab qo‘yilgan. Xususan:
boshqa davlatlarga qarshi harbiy kuch ishlatmaslik, harbiy tajovuzning oldini olish va uni daf etish hollari bundan mustasno;
Qurolli kuchlarning xorijdagi tinchlik o‘rnatish bilan bog‘liq operatsiyalarda va harbiy mojarolarda ishtirok etmasligi;
boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, ehtimol tutilgan nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish;
o‘z xavfsizligini boshqa davlatlar xavfsizligi hisobiga mustahkamlashga yo‘l qo‘yilmasligi;
harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaslik;
yadroviy va boshqa ommaviy qirg‘in qurolini ishlab chiqarish, olish, saqlash, tarqatish va joylashtirishdan voz kechish;
mudofaaning yetarli darajada bo‘lishi;
o‘z hududida chet el harbiy bazalari va obyektlarining joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
harbiy qurilishning zamonaviy harbiy mojarolar xususiyatiga monand bo‘lishi;
Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona to‘g‘risidagi shartnoma prinsiplariga sodiqlik;
Batafsil infografikamizda tanishing.
Yangiliklar lentasi
0