Jamiyat

Qanday qilib pomidor organizmni saratondan himoya qiladi?

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishPomidor
Pomidor - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.01.2022
Qizil pomidorda oziq moddalari koʻp va undan tayyorlangan tomat sharbati va souslar ham salomatlik uchun foydali.
Pomidor-nafaqat tetiklantiruvchi va mazali tabiiy gazak, balki tanaga mador beruvchi mahsulot hamdir. Portugaliya sogʻliqni saqlash tadqiqotlari va innovatsiyalar instituti pomidor antioksidantlarga boy degan xulosaga keldi, deb xabar beradi RIA Novosti.
Likopen - asosan, qizil pomidor tarkibidagi modda - kuchli antioksidantdir. Likopen saraton kasalligini oldini olish uchun zarur va eng muhimi, bu modda issiqlik bilan qayta ishlov berilgan pomidorlarda - masalan, souslarda, pomidor sharbatida yoki quritilgan pomidorlarda koʻp boʻladi.
Bundan tashqari, pomidor tarkibida V, YE va S vitaminlari, kaltsiy, temir, magniy, kletchatka va pektin kabi moddalar bor.
Pomidorda S vitamini ham mavjud. Likopin bilan birgalikda ushbu vitamin yalligʻlanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi.
“Likopin tufayli immunitetning himoya qiluvchi hujayralari faollashadi”, deydi shifokor-parhezshunos, diyetolog va nutritsiologlar Milliy Assosiatsiyasi aʼzosi Natalya Kruglova Sputnik radiosiga bergan intervyusida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala