Jamiyat

"Sputnik V" bilan emlanganlanlar "omikron"ni sezmay oʻtkazadi - Gintsburg

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishDirektor FGBU "Natsionalnыy issledovatelskiy tsentr epidemiologii i mikrobiologii imeni pochetnogo akademika N.F.Gamalei" Minzdrava RF (Moskva) Aleksandr Gintsburg
Direktor FGBU Natsionalnыy issledovatelskiy tsentr epidemiologii i mikrobiologii imeni pochetnogo akademika N.F.Gamalei Minzdrava RF (Moskva) Aleksandr Gintsburg  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.01.2022
Sputnik vaktsinasi koronavirusning yangi "omikron" shtammiga qarshi yuqori samaradorlikka ega - Gintsburg.
TOSHKENT, 14 yanv - Sputnik. "Sputnik V" bilan emlanganlarda emlanganlar katta ehtimol bilan "omikron" shtammi bilan kasallanmaydi, dedi RIA Novostiga Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi direktori Aleksandr Gintsburg.
"Sputnik bilan emlanganlar, ehtimol, Omikron shtammi keltirib chiqaradigan koronavirus bilan kasallanmaydilar va kasal boʻlsalar ham sezmay oʻtkazib yuboradilar. Oʻzim ham chet eldan qaytib kelib, qon tahlili topshirganimdang soʻng, qonimda "omikron"ni zararsizlantiradigan antitanachalar borligini bildim", - dedi Gintsburg.
Olim aytishiga koʻra, qon tarkibida virusni neytrallashtiruvchi antitanachalar titri juda yuqori natija koʻrsatgan.
"Yaʼni, menga virus yuqqan, lekin oʻzim buni sezmadim, chunki hech qanday siptomlari (shamollash, temperatura) yoʻq edi. Men "Sputnik V" bilan emlanganman", - deya taʼkidladi Gintsburg.
Eslatib oʻtamiz, "Sputnik V" dunyoda koronavirusga qarshi yaratilgan birinchi vaktsina. U Rossiyaning Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazi tomonidan 2020 yilning avgust oyida roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Bugungi kunda Rossiyada yana bir necha vaktsinalar yaratilgan va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. Ular orasida Vektor markazi tomonidan yaratilgan "EpiVakKorona", Chumakov nomli markaz tomonidan yaratilgan "KoviVak" va shuningdek Gamaleya markazi tomonidan yaratilgan vaktsina "Sputnik Layt" va "Sputnik M" vaktsinalari.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala