Hodisalar

“Turkiston islom harakati”* aʼzosi Oʻzbekistonga olib kelindi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovMujchina v naruchnikax
Mujchina v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.01.2022
23 yildan buyon qidiruvda boʻlgan “Turkiston islom harakati”* aʼzosi Oʻzbekistonga olib kelindi.
TOSHKENT, 14 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston hududida terrorchilik jinoyatlarni sodir etganligi uchun 23 yildan buyon qidiruvda boʻlgan “U.S.” xorijda ushlanib, Oʻzbekistonga olib kelindi.
1967 yil Toshkent viloyatida tugʻilgan “U.S.” 1998 yilda Chechenistonda jangovar tayyorgarlikdan oʻtib, 1999 yilning 16 fevral kuni Toshkent shahrida amalga oshirilgan qoʻporuvchilik harakatlarida ishtirok etadi va oʻsha yilning mart oyida aylanma yoʻllar orqali xorijga chiqib ketadi.
Shuningdek, “U.S.” iordaniyalik Amir Xattob tomonidan Chechenistonda tashkil etilgan jangarilarni tayyorlash lagerlariga “Turkiston islom harakati”* xalqaro terrorchilik tashkilotining Oʻzbekistondan boʻlgan aʼzolarini joʻnatish bilan ham shugʻullangan.
“U.S.” 2001 yilning noyabr oyida boshqa shaxsning nomiga rasmiylashtirilgan soxta hujjatlar asosida MDHga aʼzo davlatlardan birining fuqaroligini olib, oʻsha mamlakat hududida yashirinib yurgan.
Oʻzbekiston DXXning chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda olib borgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida “U.S.” hibsga olindi.
Hozirda unga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala