“Turkiston” metro bekatida elektr simlarining qisqa tutashuvi yuzaga keldi

© O‘zbekiston temir yo‘llar Novaya stansiya "Turkistan" tashkentskogo metro
Novaya stansiya Turkistan tashkentskogo metro - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2022
Obuna bo‘lish
"Turkiston" bekatida elektr simlarining qisqa tutashuvi yuzaga keldi.
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Bugun, 14-yanvar kuni soat 18:12 da Toshkent shahrining Yunusobod tumanidan o‘tuvchi metroning "Turkiston" bekatida elektr simlarining qisqa tutashuvi yuzaga keldi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.
“Natijada ayrim vagonlarga tutun kirgan. Ushbu holat bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda tegishli tashkilotlar zarur chora-tadbirlarni olib bordi va xavf bartaraf etildi. Voqea natijasida jabrlangan fuqarolar yo‘q. Ayni vaqtda metro qatnovi reja asosida davom etmoqda”, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0