Jamiyat

Bu yil barcha mahallalarda tub oʻzgarishlar boʻlishi kerak - prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v Sыrdarinskuyu oblast
Vizit prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v Sыrdarinskuyu oblast - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
"2022 yilni “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” deb eʼlon qildik. Shu bois, bu yil barcha mahallalarda tub oʻzgarishlar yili boʻlishi kerak", - dedi prezident.
TOSHKENT, 15 yanv – Sputnik. Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hududlarda sharoiti ogʻir oilalarga qanday yordam berishi prezident huzurida boʻlib oʻtgan majlisda batafsil muhokama qilindi.
Xususan, yangi yildan 9 309 nafar hokim yordamchilari ish boshladi va ularga koʻmak berish uchun vazirliklardan 300 nafar rahbar-xodimlar xizmat safariga yuborildi.
Hokim yordamchilari, ishlash imkoniyati va xohishi bor, lekin sharoiti ogʻir oilalarni oʻqitish va oʻz ishini boshlashi uchun imtiyozli kredit, subsidiya yoki dehqon xoʻjaligi uchun ularga yer maydonlari ajratish masalalari bilan shugʻullanadi.
Ushbu maqsadlar uchun 2022 yilda 10 trillion soʻm imtiyozli kredit va 2,5 trillion soʻm subsidiya ajratiladi (har bir mahallaga oʻrtacha 1,3 milliard soʻm).
“Hokim yordamchilari – prezidentning mahalladagi vakillari hisoblanadi. Ularning asosiy vazifasi – oʻz mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ish oʻrni yaratish, kambagʻallikni qisqartirish va oilalar daromadini koʻpaytirishdan iborat.
Buning uchun, ular har qanday byurokratiyadan xoli boʻlishi, hech qaysi hokim yoki rahbar ularni majlislarga chaqirmasligi, turli hisobotlar bilan “koʻmib tashlamasligi” lozim. Hokimlar ular uchun faqat sharoit yaratib berishi kerak”, - dedi prezident.
Undan tashqari joylarda aholi murojaatlari oʻrganilib, mahallalar qiyofasi va ijtimoiy muhitini yaxshilash bila ham shugʻulanadi.
Bu ishlarni, avvalo, iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli nisbatan ogʻir boʻlgan mahallalardan boshlash kerakligi, ulardagi yoʻllarni shagʻallashtirish, simyogʻochlarni almashtirish, ichimlik suvi tarmoqlarini qurish va taʼmirlash lozimligi koʻrsatib oʻtildi.
Shuningdek, ushbu hududlarda ijtimoiy muhit, bogʻcha, maktab, shifoxona sharoitlarini yaxshilash, bir soʻz bilan aytganda, odamlarni rozi qilishga ustuvor ahamiyat berish muhimligi qayd etildi.
Yigʻilishda 6 millionga yaqin doimiy va mavsumiy ish oʻrni yaratish boʻyicha rejalar ham koʻrib chiqildi.
Xabarda aytilishiga koʻra, oʻtgan yilda “Mahallabay” ishlash tizimi orqali “temir daftar”dagi 583 ming ehtiyojmand oila doimiy daromad bilan taʼminlangan.
Yangiliklar lentasi
0