G‘arb o‘z xalqidan Rossiya bilan muzokaralarning asl mavzusini yashirdi

© fragolerosseZarubejnaya pressa
Zarubejnaya pressa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2022
Obuna bo‘lish
“Demokratik va shaffof” g‘arb OAVlaridan dunyoning yarmini aldash bo‘yicha master-klass. Bir talay misollar bilan.
O‘tgan haftada Rossiya va kollektiv G‘arb Jeneva va Brusselda bir necha muhim muzokaralar o‘tkazdi. Ushbu muzokaralar butun dunyoning kelajakdagi xavfsizligi asosi bo‘lishi mumkin edi.
Lekin Rossiya va G‘arb OAVlarida ushbu mavzuda chop etilgan maqolalarga nazar solsak, mutlaq boshqacha mavzularga duch kelamiz: guyoki muzokaralar bir joyda emas turli paralel dunyolarda olib borilgandek va tomonlar umuman bir-birni uchratmagandek tuyuladi. Rossiya va G‘arb vakillari mutlaq boshqa-boshqa mavzularda gaplashishgan ekan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu maslahatlashuvlar g‘oyasi dekabr oyida Rossiya tashabbusi bilan paydo bo‘lgan edi. (Buni Yevropa OAVlari negadir umuman eslamaydi)
Aynan Rossiya AQSh va NATOga ular Rossiya chegaralariga yaqinlashib kelayotganidan xavotirda ekanini va buni davom ettirishga yo‘l qo‘ymasligini va ushbu masalani muzokaralar yo‘li bilan hal qilishni va “Rossiya xavfsizligi kafolati” to‘g‘risidagi shartnoma imzolashni taklif qilgan edi. Shu bilan birga Rossiya o‘z talablari qondirilmagan holda qanday qadamlar qo‘yishini ham aniq ravshan aytib o‘tdi. Lekin, negadir ushbu ma’lumotlarning birortasi ham G‘arb OAVlarida yo‘q.
O‘tgan haftada chop etilgan AQSh va Yevropa nashrlarini varaqlab chiqsangiz, Jeneva va Brusseldan ko‘plab tahliliy maqolalarni ko‘rasiz va bir g‘aroyib narsani payqashingiz mumkin: Rossiya G‘arb bilan o‘z g‘avfsizligi kafolatlari haqida muzokaralar olib borayotgan vaqtda, G‘arb, ma’lum bo‘lishicha, paralell reallikda Rossiya bilan ... Ukraina haqida muzokaralar olib borgan ekan...
Ya’ni AQSh va Yevropa nashrlari o‘z o‘quvchilariga vaziyatni quyidagicha tushuntirgan: Moskva kutilmaganda “Ukraina chegarasi yaqinida” 100 ming harbiy to‘pladi, bundan xavotirga tushgan Vashington va NATO Rossiyani “Ukraina mojarosi” bo‘yicha muzokaralarga chaqirgan.
G‘arb aholisi xalqaro yangiliklardan gap qandaydir Ukraina haqida ketayotanini eshitgan xolos. Ya’ni gap aynan ularning o‘zini xavfsizligi haqida ekanidan mutlaq bexabar. Quyidagi sarlavhalarni o‘qigan kishi boshqa qanday xulosa chiqarishi mumkin:
The Times: "Moskva AQShing Ukraina chegaralaridan qo‘shinlarini olib ketish to‘g‘risidai chaqirig‘ini rad etdi”; “Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan taqdirda NATO qo‘shin jo‘natishni va’da berdi”;
Financial Times: "AQSh va Rossiya Ukraina mojarosi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishib olishdi".
The New York Times: "Rossiya va NATOning Ukraina mojarosi borasidagi kelishuvlardan so‘ng qarama-qarshi fikrlar saqlanib qoldi".
CNN: "AQSh muzokaralardan so‘ng Rossiya Ukraina mojarosini susaytirish bo‘icha majburiyatni olmaganini ta’kidladi".
National Public Radio: "Ukraina mojarosi bo‘yicha yutuqqa erishilmadi, Rossiya va NATO muzokaralarni davom ettiradi".
The Wall Street Journal: "Rossiya va NATO Ukraina bo‘yicha muzokaralarni qarama-qarshi fikrlarni yengib o‘ta olmadi".
The Guardian: " NATO boshlig‘i Ukraina borasida Rossiya bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng “mojaro xavfi katta ekani” haqida ogohlantirdi ".
Ha, bo‘lib o‘tgan muzokaralarning barchasi “Ukraina mojarosi” haqida ekanda... Ularni o‘qigan odamga so‘nggi oy davomida Rossiya Ukrainani o‘z armiyasi bilan butunlay qurshab olib, ana mana deguncha bostirib kirar ekan deb o‘ylaydi.
Vaholanki, muzokaralarning asosiy mavzusi bo‘lgan, Rossiya tashabbusi bilan ishlab chiqishgan va AQSh bilan NATOga taqdim etilgan “Rossiya xavfsizlik kafolatlari” shartnomasida bir dona ham “Ukraina” so‘zi yo‘q.
G‘arb ushbu muzokaralar mavzusini faqat Ukraina bilan cheklashga harakat qilmoqda, lekin Rossiya emas. G‘arb OAVlari ham ushbu muzokaralar kimning tashabusi bilan tashkil etilganini ham unutib qo‘yishgandek ko‘rinadi.
Goh-gohida eshitilib qolayotgan sog‘lom ovozlar “Rossiya bechora Ukraina hududiga bostirib kirmoqchi” qabilida yozilgan maqolalar shov-shuvi ostida eshitilmay qolmoqda.
Shu bilan birga hech bir OAV yoki tahlilchi tomonidan, AQSh va NATOning xavfizlik tashabuslariga rozi bo‘lmaganidan so‘ng Rossiyaning javob qadamlari haqida biror narsa yozilmagan.
O‘z auditoriyalari va o‘zlarini ham Rossining tinchlikni mustahkamlashga qaratilgan takliflaridan cheklagan hola G‘arb jurnalistlari Rossiyaning ehtimoliy javob qadamlari haqida ham mutlaq unutib qo‘yishdi va ushbu mavzuda hatto fikr yuritish imkoniyatidan ham mahrum qilishdi.
Ha, mayli, demak Rossiyaning javob qadami ular uchun surpriz bo‘la qolsin. Keyin bizning javob choralarimiz "qirralari" faqat Yevropa yoki Yevroosiyo bilan cheklanmay boshqa qat’alarda ham ko‘rinib qolsa hayron bo‘lib yurishmasin.
Yangiliklar lentasi
0