Shtorm bo‘ladimi: Dam olish kunlari qanday ob-havo kutilmoqda

© Sputnik / Maks Vetrov / Mediabankka o‘tishVeter
Veter - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2022
Obuna bo‘lish
Samarqand, Buxoro, Navoiy va Qisman Qashqadaryo viloyatlarida bugun oqshom kuchli shamol esishi kutilmoqda.
TOShKENT, 15 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda ushbu dam olish kunlari ayrim viloyatlarda kuchli shamol bo‘lilishi, tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

15 yanvardan 16-yanvarga o‘tar kechasi Navoiy, Buxoro, Samarqand hududlari, qisman Qashqadaryo viloyati ayrim hududlarida kuchli janubiy shamollar esishi kutilmoqda. Shamolning maksimal tezligi kuchayganda soniyasiga 23-27 metrni tashkil etishi mumkin. Havo harorati 10-15° issiq bo‘ladi.

"O‘zgidromet" 15-16 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan quruq va nam havo massasi, shuningdek, Volgabo‘yi hududlaridan nisbatan sovuq havo massasi kirib kelishi oqibatida ayrim viloyatlarda shamol tezligi kuchayishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha;
Toshkentda havo harorati 12-14° issiq bo‘lib, biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol tezligi 7-12 m/s.ni tashkil qiladi.
15-18 yanvarda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda yong‘ingarchilik kuchli bo‘ladi. Havo harorati 2-7° issiq bo‘ladi.
Shu bilan birga Favqulodda vaziyatlar vazirligi "Chimon" hududida 15-yanvar soat 08:00 dan 16-yanvar soat 08:00 gacha qor ko‘chkisi xavfi e’lon qildi va fuqarolardan "DIQQAT! QOR KO‘ChIShI XAVFI MAVJUD" belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘radi.
Yangiliklar lentasi
0