Jamiyat

Andijondagi tugʻuruqxonada 12 tup daraxt kesib tashlandi — foto

© Foto: Goskomekologiya UzbekistanaV perinatalnom tsentre Andijana vыrubleno 12 derevyev
V perinatalnom tsentre Andijana vыrubleno 12 derevyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ekologiya qoʻmitasi surishtruv oʻtkazmoqda va aybdorlar tegishli jazoni olishadi.
TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati perenatal markazida 12 tup daraxt kesib tashlangani haqida xabar tarqaldi.
© Foto: Goskomekologiya UzbekistanaV perinatalnom tsentre Andijana vыrubleno 12 derevyev
V perinatalnom tsentre Andijana vыrubleno 12 derevyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.01.2022
V perinatalnom tsentre Andijana vыrubleno 12 derevyev
Viloyat hokimligi bu xabar munosabat bildirib, markazda keng koʻlamli qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilayotganini taʼkidlagan.
Qurilish loyihasiga koʻra, hozirgi kunda hududda 180 dan ortiq manzarali daraxt va koʻchatlar ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Taʼkidlanishicha, hech kim daraxtlarni kesib tashlash toʻgʻrisidagi buyruq bermagan.
“Yuqorida keltirilgan holat viloyat hokimligi tomonidan alohida nazoratga olindi. Hududda qonun buzilish holatlari aniqlangan taqdirda aybdorlarga qonuniy jazo choralari koʻrilishi va bu haqida batafsil axborot berilishini maʼlum qilamiz”, — deyiladi hokimlik xabarida.
© Foto: Goskomekologiya UzbekistanaV perinatalnom tsentre Andijana vыrubleno 12 derevyev
V perinatalnom tsentre Andijana vыrubleno 12 derevyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.01.2022
V perinatalnom tsentre Andijana vыrubleno 12 derevyev
Ekologiya qoʻmitasi dastlabki surishtiruv natijalariga koʻra, perinatal markazi hududida 12 tup eldor qaragʻayi daraxtlari moratoriy talablariga zid ravishda noqonuniy kesib tashlanganini maʼlum qildi.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 fevraldagi 93-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining roʻyxati”ga eldor qaragʻayi (Pinus eldarica) juda chiroyli manzarali daraxt sifatida kiritilgan.
© Foto: Goskomekologiya UzbekistanaV perinatalnom tsentre Andijana vыrubleno 12 derevyev
V perinatalnom tsentre Andijana vыrubleno 12 derevyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.01.2022
V perinatalnom tsentre Andijana vыrubleno 12 derevyev
Oʻrganishlar davomida kesilgan daraxtlarning diametr oʻlchamlari 12 sm dan 40 sm gacha ekanligi, daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesish natijasida oʻsimlik dunyosiga koʻp miqdorda zarar yetkazilgan.
“Mazkur qurilish obʼyekti Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan boʻlib, tashkilot rahbariyati tomonidan uning hududidagi daraxtlarni kesishga ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilingan. Lekin ushbu murojaat natijasini kutmasdan qonunga zid ravishda oʻzboshimchalik bilan bugun tunda ushbu mudhish huquqbuzarlik holati sodir etilgan”, - deyilgan xabarda.
Mazkur huquqbuzarlik holati boʻyicha hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etiladi.
Prezident farmoni bilan 2021 yil 30 dekabrdan daraxt kesishga moratoriy muddatsiz davrga uzaytirilgan. Uni buzganlik uchun maʼmuriy jarimalar miqdori besh baravarga oshirilgan.
Yangiliklar lentasi
0