Jamiyat

COVID-19ning noodatiy alomati maʼlum boʻldi

© Sputnik / Kirill Shipitsin / Fotobankka oʻtishVrach-ordinator treniruyetsya delat intubatsiyu i podklyuchat patsiyenta k apparatu IVL v simulyatsionnom tsentre
Vrach-ordinator treniruyetsya delat intubatsiyu i podklyuchat patsiyenta k apparatu IVL v simulyatsionnom tsentre - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
COVID-19 pandemiyasi rivojlangani sari ilmiy jurnallarda kasallikning noodatiy alomatlari haqida maqolalar chop etilmoqda. Ulardan biri bir necha kun davom etadigan hiqichoqdir. Bu virusli infektsiya bilan qanday bogʻliq – batafsil materialda oʻqing
Tatyana Pichugina. COVID-19 pandemiyasi rivojlangani sari ilmiy jurnallarda kasallikning noodatiy alomatlari haqida maqolalar chop etilmoqda. Ulardan biri bir necha kun davom etadigan hiqichoqdir. Bu virusli infektsiya bilan qanday bogʻliq – batafsil materialda oʻqing

Hiqichoq shifoxonagacha olib kelgan

AQShning Kuk okrugi klinikasiga 62 yoshli erkak 4 kun davom etgan hiqichoqdan shikoyat qilib kelgan. Bundan tashqari, u soʻnggi oylarda juda koʻp vazn yoʻqotgan. Biroz koʻtarilgan haroratni hisoblamaganda, boshqa shamollash alomatlari kuzatilmagan. Shifokorlar unda oʻsimta bor-yoʻqligini tekshirish maqsadida koʻkrak qafasini rentgendan oʻtkazishgan, ammo oʻpkada oʻsimta emas, balki shishasimon shaffoflikni topilgan, bu esa virusli pnevmoniyaning odatiy belgisidir.
Tadqiqotlar bemorda koronavirus borligini koʻrsatdi. Bemorni tezda tuzatishdi. Shifokorlar ushbu holatni maqolada yozib chiqishdi va koronavirus infektsiyasining hiqichoq kabi alomatining ahamiyatini taʼkidladiladi.
2020 yil noyabr oyida Misrdagi Qohira universiteti olimlari hiqichoq, isitma va tomoq ogʻrigʻi bilan kasalxonaga yotqizilgan 48 yoshli erkak haqida xabar berishdi. U bir hafta davomida kasal boʻlgan. Oʻpka kompyuter tomografiyasi va PTSR testlariga koʻra, unga koronavirus tashxisi qoʻyilgan. Terapiyaga hiqichoqni qochiradigan dorilar qoʻshilgan. Bemorga oʻn kundan soʻng uyiga javob berilgan.
“Pnevmoniya haqiqatdan kamdan-kam vaqtda hiqichoq shaklida namoyon boʻladi, ular davolangandan soʻng yoʻqoladi”, deb yozadi turkiyalik shifokorlar. Doimiy hiqichoq tufayli shifokorlarga borgan ikki erkakning holati ham kuzatilgan. Biriga koronavirus tashxisi qoʻyilgan, ikkinchisi yaqinda tuzalgan, biroq kasallik asoratlari oʻzini noodatiy tarzda namoyon qilgan.
Meksikadan yana bir holat. Kasalxonaga 48 yoshli erkak 96 soat davomida toʻxtamagan hiqichoqdan shikoyat qilib kelgan. Boshqa ogʻriqli alomatlar boʻlmagan, shuning uchun u ambulator tarzda davolangan, biroq hiqichoq yoʻqolmagan. Keyin u chuqurroq tekshirilgan va pnevmoniya aniqlangan. “Yalligʻlanish kasalliklari, arterial va vena trombozning tushunarsiz namoyon boʻlganda COVID-19ni yodda tutish kerak”, deya xulosa qildi tadqiqot mualliflari.

Sabablarni izlab

Hiqichoq - diafragma va qovurgʻalararo mushaklarning bir vaqtning oʻzida qisqarishi tufayli nafas olishning buzilishidir. Odam tez nafas oladi, lekin ogʻiz boʻshligʻi yopiladi, havo xarakterli "hik" tovushi bilan burmalardan sirgʻalib chiqadi. Bunday reaktsiya oshqozon zardasida va qorin shishishida, koʻp ovqat isteʼmol qilganga javob tarzida fiziologik normal jarayon hisoblanadi.
Hiqichoq oʻz-oʻzidan keladi va yoʻqoladi. Agar u ikki kun yoki undan koʻproq davom etsa, bu allaqachon patologiya hisoblanadi. Odam qiynaladi, tanasi charchaydi. “Uch kundan beri hiqichoq tutyapti, uxlay olmayapman”, deydi Pikabu tarmogʻi foydalanuvchilaridan biri. Sababini bilish uchun u shifokorga murojaat qilgan. Unda gepatit C aniqlangan.
“Hiqichoq: sirlar, xususiyatlar, davolanishi” sharhi mualliflari yozganidek, yoqimsiz refleksning paydo boʻlishi uchun javobgar boʻlgan miya jarayonlari hali yaxshi oʻrganilmagan. Maʼlumki, bunda dofamin, gamma-aminobutirik kislota molekulalari ishtirok etadi, shuning uchun ularni bloklaydigan dorilar baʼzida yaxshi ish beradi. Biroq, umuman olganda, hiqichoqni maxsus davolash usuli yoʻq.
Kattalar, bolalar - hatto homila ham hiqichoqdan himoya qilinmagan. Olimlarga yuzdan ortiq sabablar maʼlum: kimyoviy yalligʻlantiruvchilar, dorilar, yalligʻlanishlar, infektsiyalar, oʻsimtalar, shikastlanishlar, yurak muammolari, alkogolizm kabi. Baʼzi hollarda dori-darmonlar kerak boʻladi, yana kimlargadir igna sanchish usuli, nafasni ushlab turish va qayd qilish refleksini qoʻzgʻatish, shuningdek, shakar, limon boshqa xalq usullari yordam beradi.
Amerikalik olimlar hisob-kitoblariga koʻra, AQShda har yili qariyb toʻrt ming kishi hiqichoq tufayli kasalxonalarga yotqiziladi. Baʼzida xurujlar bir oydan ortiq davom etadi. Ayovalik fermer esa rekord oʻrnatgan: uni 69 yilu 9 oy hiqichoq tutgan, yaʼni 1922 yildan 1990 yilgacha. Buning sababi esa, fermerning choʻchqa koʻtarganidan soʻng miyasiga qon quyilishi boʻlgan.
Yangiliklar lentasi
0