Jamiyat

Maryam Tillayeva ilk bor bobosi Islom Karimovning qabrini ziyorat qildi – foto

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMavzoley Islama Karimova
Mavzoley Islama Karimova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Islom Karimovning nabiralari Samarqandga kelib, uning qabriga gul qoʻyishdi.
TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning nabirasi Maryam Tillayeva Samarqandga safari chogʻida bobosining qabrini ziyorat qildi. Bu haqda u oʻzining Instagram’dagi sahifasida yozdi.
Maryam bobosining qabrini ilk bor ziyorat qilayotganini, buni anchadan beri niyat qilganini yozgan.
“Anchadan buyon Samarqandga kelib, bobomni koʻrishni xohlardim. U eng mehribon bobo edi va hozir uning oʻrni menga juda ham bilinyapti. Bu safar men uchun koʻp narsani anglatadi, chunki bir necha kundan keyin bobomning tugʻilgan kuni boʻlishi kerak”, - deya yozgan u.
Maryam bobosining qabrini xolavachchasi Gulnora Karimovaning qizi Imon bilan birgalikda ziyorat qilgan.
Maryam Tillayeva Islom Karimovning kichik qizi Lola Karimova-Tillayevaning qizi. Maryam bir necha yillardan buyon Amerikada yashab keladi.
Yangiliklar lentasi
0