Rossiya

Matviyenko: KXSHT tashkilot aʼzolarini rangli inqiloblardan himoya qiladi

© Press-slujba Soveta Federatsii RF / Fotobankka oʻtishPredsedatel Soveta Federatsii RF Valentina Matviyenko
Predsedatel Soveta Federatsii RF Valentina Matviyenko - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya Federatsiya kengashi spikeri KXSHTga aʼzo mamlakatdardan birida rangli inqilob uyushtirishga urinilgan paytda tashkilot bu mamlakatni himoya qilishini aytdi.
TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Kollektiv xavfsizlik shartnomasiga (KXSHT) aʼzo mamlakatdardan birida rangli inqilob uyushtirishga urinilgan paytda tashkilot bu mamlakatni himoya qiladi. Bu haqda Rossiya Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenko maʼlum qildi.
“Biz bu (KXSHT – tahr.) jiddiy tashkilot ekani va u bilan hisoblashish shartligini koʻrsatdik. Biror bir davlatida rangli inqilob uyushtirishga urinilgan vaqtda KXSHT uni himoya qiladi. Bu gʻoyat muhim”, - dedi Matviyenko “Rossiya 1” telekanaliga bergan intervyusida. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
“Bu vaziyat oʻz vaqtida izga solinmaganida, bu nafaqat Qozogʻiston suverenitetiga tahdid boʻlardi, bu qoʻshni mamlakatlar suvereniteti xavfsizligiga tahdid boʻlardi”, - dedi Federatsiya kengashi raisi.
Rossiya tinchlikparvar kuchlari 10ta samolyotda Ivanovoga qaytdi - video
Matviyenkoning soʻzlariga koʻra, KXSHT Qozogʻistonda oʻzining yaroqligi, talab yuqoriligini va bu tashkilotni tashkil etishning dolzarbligini koʻrsatgan.
Markaziy Osiyodagi vaziyatni tashqaridan izdan chiqarishga urinishlar koʻp - Lavrov
Yangiliklar lentasi
0