https://oz.sputniknews-uz.com/20220116/toshkent-koronavirus-22219521.html
Bir kunda Toshkentga uchib kelgan 67 kishida koronavirus aniqlandi – SSV
Bir kunda Toshkentga uchib kelgan 67 kishida koronavirus aniqlandi – SSV
Shu yil 15 yanvar kuni Toshkent shahriga uchib kelgan 3 801 kishi koronavirusga test topshirgan. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi (SSV) matbuot xizmati xabar bermoqda.
2022-01-16T19:35+0500
2022-01-16T19:35+0500
2022-01-16T19:35+0500
jamiyat
covid-19 umumjahon pandemiyasi
sogʻliqni saqlash vazirligi (ssv)
toshkent
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/01/10/22219496_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_18e858a563fbfbd114418c7c561df5e4.jpg
TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Shu yil 15 yanvar kuni Toshkent shahriga uchib kelgan 3 801 kishi koronavirusga test topshirgan. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi (SSV) matbuot xizmati xabar bermoqda.Mamlakatdagi barcha chegara punktlari orqali shu kuni 15 041 nafar fuqaro oʻtgan. Ulardan 151 nafarining koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqan.Kasallik aniqlangan fuqarolar holatiga koʻra uy sharoitida yoki shifoxonada davolanishga yoʻnaltirildi. Uy sharoitida davolanishi kerak boʻlgani uchun har bir fuqaroga aeroportning oʻzida bepul 4 xildagi dori-darmon berilmoqda.SSV xabarida yozilishicha, PZR test topshirgan insonlarda ham virus aniqlanmoqda. Bu esa kasallik yanada “ayyorlashib”, yashirin koʻrinishga kirib borayotganidan dalolat.Vazirlik mamlakat aeroportlarida belgilangan ekspress test narxi (5 dollar) dunyo koʻrsatkichlariga nisbatan eng arzon narxlardan ekanini bildirgan.Oʻzbekiston aeroportlarida majburiy ekspress-test joriy etilmoqdaShuningdek, test topshirish jarayonida talabalik guvohnomasini taqdim etgan talabalarga 50 foiz chegirma beriladi. I va II guruh nogironligi bor shaxslar uchun testlar bepul. 2 yoshgacha boʻlgan bolalardan test olinmaydi. Bu tadbirlardan maqsad aholining salomatligini saqlash ishlarini samarali tashkil etishdir.Taʼkidlanishicha, vaqtincha joriy etilgan bu tartib koronavirus yuqtirib olganlarni zudlik bilan aniqlash, davolash va infektsiya tarqalishining oldini olishga xizmat qiladi.Toshkentda 12 ta maxsus COVID poliklinikalar ishga tushdiKuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent xalqaro aeroportida koronavirusga test topshirishda fuqarolarning noroziligi aks etgan video tarqalgan edi.Oʻzbek-tojik chegarasida “omikron” sabab nazorat kuchaytirilmoqda
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/01/10/22219496_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_1c8ff3a4c63c0c8ca0c4cffe02e738cd.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
covid-19 umumjahon pandemiyasi, sogʻliqni saqlash vazirligi (ssv), toshkent
Bir kunda Toshkentga uchib kelgan 67 kishida koronavirus aniqlandi – SSV
15 yanvar kuni Oʻzbekiston chegarasini kesib oʻtgan 151 kishining koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqan.
TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Shu yil 15 yanvar kuni Toshkent shahriga uchib kelgan 3 801 kishi koronavirusga test topshirgan. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi (SSV) matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Ularning barchasida manfiy PZR testi boʻlganligiga qaramasdan 67 nafarida musbat natija aniqlangan”, - deyilgan xabarda.
Mamlakatdagi barcha chegara punktlari orqali shu kuni 15 041 nafar fuqaro oʻtgan. Ulardan 151 nafarining koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqan.
Kasallik aniqlangan fuqarolar holatiga koʻra uy sharoitida yoki shifoxonada davolanishga yoʻnaltirildi. Uy sharoitida davolanishi kerak boʻlgani uchun har bir fuqaroga aeroportning oʻzida bepul 4 xildagi dori-darmon berilmoqda.
SSV xabarida yozilishicha, PZR test topshirgan insonlarda ham virus aniqlanmoqda. Bu esa kasallik yanada “ayyorlashib”, yashirin koʻrinishga kirib borayotganidan dalolat.
“Bunday holatda yurtimizga kirib keluvchi har bir fuqaroni koronavirusga ekspress-antigen test topshirtirib qabul qilish eng toʻgʻri yoʻldir”, - deyiladi xabarda.
Vazirlik mamlakat aeroportlarida belgilangan ekspress test narxi (5 dollar) dunyo koʻrsatkichlariga nisbatan eng arzon narxlardan ekanini bildirgan.
Shuningdek, test topshirish jarayonida talabalik guvohnomasini taqdim etgan talabalarga 50 foiz chegirma beriladi. I va II guruh nogironligi bor shaxslar uchun testlar bepul. 2 yoshgacha boʻlgan bolalardan test olinmaydi. Bu tadbirlardan maqsad aholining salomatligini saqlash ishlarini samarali tashkil etishdir.
Taʼkidlanishicha, vaqtincha joriy etilgan bu tartib koronavirus yuqtirib olganlarni zudlik bilan aniqlash, davolash va infektsiya tarqalishining oldini olishga xizmat qiladi.
“Shuning uchun, yurtdoshlarimizdan mazkur chora-tadbirlarni toʻgʻri qabul qilib, oʻz fuqarolik burchini anglab, mamlakatimiz hududida koronavirus pandemiyasining yangi toʻlqini koʻtarilmasligi uchun shaxsan hissa qoʻshishlarini soʻrab qolamiz”, -
deya xulosa qilgan vazirlik.
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent xalqaro aeroportida koronavirusga test topshirishda fuqarolarning noroziligi aks etgan video tarqalgan edi.