Siyosat

Turkmaniston hukumat delegatsiyasi Toshkentga keladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaFlagi Uzbekistana va Turkmenistana
Flagi Uzbekistana va Turkmenistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Tashrifdan maqsad ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, siyosiy va diplomatik aloqalarning asosiy yoʻnalishlari bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilishdan iborat.
TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Turkmaniston Vazirlar mahkamasi raisining oʻrinbosari Serdar Berdimuhamedov boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga keladi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda
Turkmaniston davlat axborot agentligi xabariga koʻra, tashrifdan maqsad Turkmaniston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, siyosiy va diplomatik aloqalarning asosiy yoʻnalishlari bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilish, shuningdek, ishchi uchrashuv va muzokaralar oʻtkazishdan iborat.
Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
Turkmaniston rahbari Oʻzbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmini oshirish, shuningdek, ikki mamlakat xoʻjalik subʼyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli sheriklik munosabatlarini kengaytirish, qoʻshma savdo markazi - "Turkmaniston – Oʻzbekiston" chegara savdo zonasini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimlarni ratifikatsiya qildi.
Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi uch baravarga oshdi
10 yanvar kuni tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov turkmanistonlik Rashid Meredov bilan telefon orqali muloqot qilgan edi. Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Turkmaniston strategik sherikligining hozirgi holati va aloqalarni har tomonlama rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Yangiliklar lentasi
0