Umra-2022: o‘zbekistonliklar uchun ziyorat qachon boshlanadi va uning narxi qancha

© AP Photo / Amr NabilPalomniki sovershayut obxod vokrug Kaabi
Palomniki sovershayut obxod vokrug Kaabi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Umra safariga oid savollarga javob berdi.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Umra ziyorati qachondan boshlanishi va uning narxlari haqida ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, 5-yanvar Saudiya Arabistonidagi "Abu Sarhad" hamkor shirkati bilan Umra – 2022 mavsumini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma tuzilgan.
Musulmonlar idorasining ma’lum qilishicha, shundan so‘ng hududlarda pandemiyadan oldin navbatda turgan fuqarolar ro‘yxatlarini shakllantirish, aviaqatnov jadvallarini ishlab chiqish, qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirish va ziyoratchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari boshlab yuborilgan.
Umra safariga oid bir qator savollarga to‘liq javoblar.

Umra safari qachondan boshlanadi?

—2022 yil 22-yanvar kuni birinchi reysni Saudiya Arabistoniga uchirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Shundan so‘ng 25, 28-yanvar kunlari ham navbatdagi reyslar amalga oshiriladi. Kelgusida reyslar sezilarli darajada oshirib boriladi.

Boshlanayotgan umra safariga qachon ro‘yxatga yozilgan fuqarolar jo‘natiladi?

— Joriy umra mavsumida birinchi navbatda pandemiyadan oldin, ya’ni 2020-yil fevral oyi oxiriga qadar umra ziyorati uchun to‘lovlarni amalga oshirib, safarga bora olmagan fuqarolar yuboriladi.

Umra to‘lovi qancha etib belgilandi?

Pandemiyadan oldin, ya’ni 2020-yil fevral oyiga qadar umra ziyorati uchun oxirgi belgilangan to‘lovlarni amalga oshirganlar qo‘shimcha ravishda 4 770 000 so‘m mablag‘ to‘laydi. Ushbu qo‘shimcha to‘lovni belgilashda, mehmonxonalarda ziyoratchilarning xonalarga, avtobuslarda o‘rindiqlarga joylashtirishda oraliq masofa hisobiga 50 foizgacha qisqartirilish, oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlangan holda tarqatish, o‘rnatilgan boshqa karantin tartib-qoidalarni ta’minlash, 15 foiz Saudiya QQS solig‘i kabi sarf-xarajatlar ham hisobga olingan. Shuningdek, Makka va Madina shaharlarida eng zamonaviy mehmonxonalar ziyoratchilarga xizmat qiladi.
Mazkur to‘lovlarni amalga oshirishda ziyoratchilarga qulaylik yaratish maqsadida, "Aloqabank" ATning barcha filiallarida har kuni, hatto shanba va yakshanba kunlari ham qabul qilinadi.

Ziyoratchilar uchun qaysi vaksina bilan emlanish talab etiladi?

— Umra safariga boruvchi fuqaro COVID-19 ga qarshi “Astra-Zeneca”, “Moderna”, “Pfizer” yoki “Jonson & Jonson” vaksinalari bilan to‘liq emlanib, sertifikatga ega bo‘lishi lozim. Talab qilingan vaksinalarni emas, balki "Sputnik V" va O‘zbekiston-Xitoy kabi vaksinalar bilan to‘liq emlangan fuqarolar yuqorida sanalgan vaksinalaridan biri bilan 1-marta emlanishi kifoya qiladi.

Saudiya Arabistonida Umra amalini ado etish qilish uchun dastur orqali navbatga turish tartibi qanday?

– Har bir ziyoratchida smartfon (Samsung, iPhone yoki boshqa turdagi sensor) telefoni bo‘lishi talab etiladi. Android telefon uchun “PlayMarket” va IOS mobil qurilma uchun "AppStore"dan "توكلنا" ("Tawakkalna") va "اعتمرنا" – ("Eatmarna") elektron dasturlari yuklatilgan bo‘lishi lozim. Mazkur dasturlar telefonda "geolokatsiya" va "internet" yoqilgandagina ishlaydi. Bu dasturlar ziyoratchi Saudiya Arabistoni davlat chegarasidan o‘tib, Madina shahrida tegishli ma’lumotlar bilan to‘ldirilgandan keyingina ishga tushadi.
Ziyoratchi Saudiyaga yetib borishi bilan Saudiya mobil aloqa operatori sim kartasini xarid qiladi va internet to‘plamini ishga tushiradi. Sim kartani aeroportda yoki Madina shahridagi mehmonxonada xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Saudiya Arabistonida qanday karantin talablari o‘rnatilgan?

– Saudiya Arabistoni hududiga umra ziyorati uchun kirayotgan xorijlik fuqaro talab etilgan vaksinalar bilan emlangan bo‘lib, bu to‘g‘ridagi sertifikatga va 48 soatlik PZR testiga ega bo‘lishi, ziyoratchi o‘zi bilan 30 ta tibbiy niqob olishi (har 4 soatda almashtirish uchun) va Saudiya Arabistonida doimiy tibbiy niqobda yurishi va oraliq masofaga rioya qilinishi belgilangan. Ta’kidlash kerakki, tibbiy niqob taqmaganlik uchun 300 dollar jarima belgilagan. Ziyoratchilar Umra safari yakunida Vatanga qaytishdan avval o‘z hisoblaridan Makka shahridagi mehmonxonada PZR test topshirishlari kerak bo‘ladi.

Umra safari uchun yangi navbatlar qayerda yoziladi?

— 18 yoshdan katta bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi umra safariga borish uchun o‘zi ro‘yxatda turgan mahalla fuqarolar yig‘iniga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan chiqib, Umra safari uchun ochilgan maxsus daftarga ro‘yxatga yoziladi va shu haqdagi ma’lumotnomani oladi. Ushbu daftar bo‘yicha navbati kelgan fuqaroni MFY tuman-shaharga tavsiya beradi. So‘ng hududdagi poliklinikada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Natijalar yaxshi chiqsa, Umra uchun belgilangan to‘lov summasini to‘laydi. Shuningdek, xorijga chiqish pasporti, tibbiy ko‘rikdan o‘tgani, vaksina olgani to‘g‘risidagi ma’lumot va sertifikat va to‘lov qog‘ozining nusxasini taqdim qiladi.
Yaqin kunlarda Umra safariga borish imkoniyati tiklanadi
Yangiliklar lentasi
0