https://oz.sputniknews-uz.com/20220116/xususiy-tibbiyot-muassasalariga-qator-soliq-imtiyozlari-berildi-22217270.html
Xususiy tibbiyot muassasalariga qator soliq imtiyozlari berildi
Xususiy tibbiyot muassasalariga qator soliq imtiyozlari berildi
Oʻzbekistonda xususiy tibbiyot muassasalariga qator soliq imtiyozlari joriy qilindi.
2022-01-16T22:02+0500
2022-01-16T22:02+0500
2022-01-16T22:02+0500
jamiyat
tibbiyot muassasi
imtiyoz
soliq
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/192/18/1921823_0:196:2945:1853_1920x0_80_0_0_97631286e9e68e34e4781bef48dc3483.jpg
TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda xususiy tibbiyot muassasalariga qator soliq imtiyozlari joriy qilindi, deb xabar bermoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi.2021 yil 29 dekabrda Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun bilan tibbiyot muassasalari tibbiy xizmatlarni (bundan kosmetologik xizmatlar mustasno) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma soliq solishdan ozod etilgan.Tibbiy xizmatlar jumlasiga tibbiy yordam va sanitariya xizmati koʻrsatishga doir tashxis qoʻyish, profilaktika va davolash boʻyicha xizmatlar, stomatologik, shu jumladan, tishlarni protezlash boʻyicha xizmatlar kirishi belgilangan. Sanatoriy-kurort, sogʻlomlashtirish xizmatlarini, jismoniy tarbiya va sportga doir xizmatlarni realizatsiya qilish aylanma soliq solishdan ozod etilgan.Sanatoriy-kurort va sogʻlomlashtirish xizmatlari jumlasiga sanatoriylar, shifoxonalar, profilaktoriylar, kurortlar, pansionatlar, dam olish uylari va zonalari, bolalar dam olish oromgohlari kirishi belgilangan.Tegishli litsenziya asosida tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar boʻyicha, xususan:Shuningdek, sogʻliqni saqlash obʼyektlari egallagan yerlar (bundan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obʼyektlari band qilgan yerlar mustasno) soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga kiradi.CCV arkaziy apparati xodimlarining 40 % oʻz vazifasidan ozod etildi
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/192/18/1921823_107:0:2838:2048_1920x0_80_0_0_31ca26412ed1261853a85180caf010ba.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
tibbiyot muassasi, imtiyoz, soliq
Xususiy tibbiyot muassasalariga qator soliq imtiyozlari berildi
Sanatoriy-kurort, sogʻlomlashtirish xizmatlarini, jismoniy tarbiya va sportga doir xizmatlarni realizatsiya qilish aylanma soliq solishdan ozod etilgan.
TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda xususiy tibbiyot muassasalariga qator soliq imtiyozlari joriy qilindi, deb
xabar bermoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi.
2021 yil 29 dekabrda Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun bilan tibbiyot muassasalari tibbiy xizmatlarni (bundan kosmetologik xizmatlar mustasno) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma soliq solishdan ozod etilgan.
Tibbiy xizmatlar jumlasiga tibbiy yordam va sanitariya xizmati koʻrsatishga doir tashxis qoʻyish, profilaktika va davolash boʻyicha xizmatlar, stomatologik, shu jumladan, tishlarni protezlash boʻyicha xizmatlar kirishi belgilangan. Sanatoriy-kurort, sogʻlomlashtirish xizmatlarini, jismoniy tarbiya va sportga doir xizmatlarni realizatsiya qilish aylanma soliq solishdan ozod etilgan.
Sanatoriy-kurort va sogʻlomlashtirish xizmatlari jumlasiga sanatoriylar, shifoxonalar, profilaktoriylar, kurortlar, pansionatlar, dam olish uylari va zonalari, bolalar dam olish oromgohlari kirishi belgilangan.
Tegishli litsenziya asosida tibbiyot tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar boʻyicha, xususan:
tibbiy yordam xizmatlari va sanitariya xizmatlari koʻrsatish;
profilaktika va davolash xizmatlari;
tish protezlarini oʻrnatish xizmatlari boʻyicha (bundan kosmetologiya xizmatlari mustasno) foyda soligʻiga 0 foiz stavka qoʻllanilishi belgilangan.
Shuningdek, sogʻliqni saqlash obʼyektlari egallagan yerlar (bundan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obʼyektlari band qilgan yerlar mustasno) soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga kiradi.