Andijon viloyatida yangi prokuror ish boshladi

© Foto: xokimiyat Andijanskoy oblastiSirojiddin Eshkuvvatov
Sirojiddin Eshkuvvatov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2022
Obuna bo‘lish
Viloyat hokimligidagi yig‘ilishda viloyat prokurori lavozimiga tayinlangan Sirojiddin Eshquvvatov jamoatchilikka tanishtirildi.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Andijon viloyati prokurori lavozimiga Sirojiddin Eshquvvatov tayinlandi. Bosh prokuror tegishli buyruqqa imzo chekdi.
Eshquvvatov 1980-yilda Jizzax viloyatida tavallud topgan. 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini va 2009-yilda Bosh prokuratura Oliy o‘quv kurslarini tamomlagan.
U 2011 - 2014-yillarda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi prokuratura organlarida tergovni nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Farg‘ona viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
Tayinlovga qadar Eshquvvatov Namangan viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.
Yangiliklar lentasi
0