Nursulton Nazarboyev BAAda emas – elchixona

© Sputnik / Vladimir Vyatkin / Fotobankka oʻtishGoroda mira. Dubay
Goroda mira. Dubay - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qozogʻistonning BAAdagi elchixonasi Nursulton Nazarboyevning ushbu mamlakatda ekanligi haqidagi maʼlumotni tasdiqlamadi.
Qozogʻistonning Birlashgan Arab Amirligidagi elchixonasi Qozogʻiston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning ushbu mamlakatda ekanligi haqidagi maʼlumotni tasdiqlamadi. RIA Novosti.
“Uning matbuot kotibi bergan soʻnggi bayonotiga koʻra, Nazarboyev Qozogʻistonda”, - dedi elchixona vakili.
7 yanvar kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Qozogʻistonning birinchi prezidenti bilan telefon orqali muloqot qilgandi. Ular respublikadagi vaziyatni muhokama qildilar.
Shuningdek, oʻtgan haftada Qozogʻistonning Ozarbayjondagi elchisi Serjan Abdikarimov Nazarboyev hozir respublika poytaxtida ekanligi haqida aytgandi.
Bundan oldin Nazarboyevning matbuot kotibi Aydos Ukibay ham Elboshi Nur-Sultonda ekanligini tasdiqlagandi.
Yangiliklar lentasi
0