Qaysi viloyatda doimiy aholi eng ko‘p

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrazdnovanie Dnya Gosudarstvennogo flaga v Tashkente
Prazdnovanie Dnya Gosudarstvennogo flaga v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2022
Obuna bo‘lish
Faqat Sirdaryo viloyatida aholi soni 1 milliondan kam. Qolgan hududlarda bir milliondan to‘rt milliongacha.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston hududlarining 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra doimiy aholisi sonini ma’lum qildi.
Hududlar kesimida aholi quyidagicha taqsimlangan:
Samarqand viloyati – 4 million 312 ming 99 kishi;
Farg‘ona viloyati – 3 million 896 ming 393 kishi;
Qashqadaryo viloyati – 3 million 408 ming 313 kishi;
Andijon viloyati – 3 million 253 ming 501 kishi;
Toshkent viloyati – 2 million 941 ming 620 kishi;
Namangan viloyati – 2 million 931 ming 66 kishi;
Toshkent shahri – 2 million 860 ming 511 kishi;
Surxondaryo viloyati – 2 million 743 ming 196 kishi;
Buxoro viloyati – 1 million 976 ming 866 kishi;
Qoraqalpog‘iston – 1 million 948 ming 496 kishi;
Xorazm viloyati – 1 million 924 ming 167 kishi;
Jizzax viloyati – 1 million 443 ming 380 kishi;
Navoiy viloyati – 1 million 338 ming 69 kishi;
Sirdaryo viloyati – 878 ming 599 kishi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 35,2 million kishini tashkil etgan. Shundan 17,5 million nafari ayollar, 17,7 million nafari erkaklar.
O‘zbekistonda Yangi - 2022-yilning birinchi sutkasida 2316 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi. Bu so‘nggi besh yildagi eng yuqori ko‘rsatkich.
Yangiliklar lentasi
0