Hodisalar

Qirgʻiz narkokuryerlari chegarada uloqtirib bergan gashishni qabul qilib olgan fuqaro ushlandi

© Sputnik / Andrey Stenin / Fotobankka oʻtishIzʼyatыe v xode reydov narkotiki
Izʼyatыe v xode reydov narkotiki  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.01.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qirgʻizistonlik narkokuryerlar chegarada uloqtirib bergan “gashish”ni qabul qilgan fuqaro qoʻlga olindi
TOSHKENT, 17 yanv — Sputnik. DXXning Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazgan tezkor tadbirida Andijon tumanida yashovchi, 1992 y.t. fuqaro Xoʻjaobod tumaniga borib, qirgʻizistonlik narkokuryerlar tomonidan davlat chegarasidagi sim toʻsiqlar va unga parallel ravishda oʻrnatilgan devor ustidan uloqtirib oʻtkazib berilgan 3 kg 860 gr “gashish” moddasini qabul qilib olgan vaqtida ushlandi.
Andijon viloyatida kuzatilgan yana bir holatda esa 1980 y.t., muqaddam bir necha bor sudlangan fuqaro yonida 110 dona flakonda “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
DXXning Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlarining Bojxona qoʻmitasi xodimlarini jalb etgan holda oʻtkazgan tezkor tadbirida Toshkent shahri tomon harakatlanib ketayotgan, Namangan shahrida yashovchi, 1987 y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina Qamchiq dovonida toʻxtatildi.
Avtomashina koʻzdan kechirilganda, uning salon qismida va yukxonasida 1680 dona flakonda “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlanib, oʻrnatilgan tartibda olib qoʻyildi. Shuningdek, mazkur dori vositalari Toshkent shahrida yashovchi, 1984 y.t., muqaddam sudlangan fuqaroga olib ketilayotganligi maʼlum boʻlib, u ham hibsga olindi.
Yangiliklar lentasi
0