Akademik Baxtiyor Nazarov vafot etdi

© Sputnik / Aleksandr Paniotov / Mediabankka o‘tishKupol mecheti
Kupol mecheti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2022
Obuna bo‘lish
Baxtiyor Nazarov 18-yanvar kuni 77 yoshida vafot etdi.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Fan arbobi, Fanlar akademiyasi akademigi, o‘zbek adabiyotshunosligidagi yirik olim, ko‘plab shogirdlarning ustozi Baxtiyor Aminovich Nazarov 18-yanvar kuni 77 yoshida vafot etdi.
Bu haqda Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar qildi.
Baxtiyor Nazarov 1945-yilning 17-sentabrida Toshkentda tug‘ilgan, 1966-yilda Toshkent davlat universitetini tugatgan. U O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, ilmiy kotib (1969-1972; 1979-1983 yillar), direktor (1986—1990 yillar), bo‘lim mudiri (1990 yildan), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Bosh ilmiy kotibi o‘rinbosari (1973—1979 yillar), vitse-prezident vazifasini bajaruvchi (1999—2000 yillar) bo‘lib ishlagan.
Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti davlat maslahatchisi (1990—1992 yillar), oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari (1992—1994 yillar), "O‘zbek tili va adabiyoti" jurnalining bosh muharriri (1986-1994 yillar) bo‘lgan.
Baxtiyor Nazarovning ilmiy ishlari XX asr o‘zbek adabiyoti taraqqiyoti, tanqidchilik va adabiyotshunoslik metodologiyasi muammolari, adabiyot nazariyasi va adabiy aloqa masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotlarida Fitrat, Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Abdulla Oripov mahorati o‘rganilgan. Oybekning 20 jildli "Mukammal asarlar" to‘plamini nashrga tayyorlashda qatnashgan.
Yangi tipdagi darsliklarning (o‘rta maktabning 9-, 11-sinflari uchun "O‘zbek adabiyoti", oliy maktab uchun "XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi") mualliflaridan biri hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0