Karib inqirozi 2.0: Amerika harbiylari nimadan qo‘rqishmoqda?

© AFP 2023 / Hoang Dinh Nam Amerikanskie soldati v Afganistane
Amerikanskie soldati v Afganistane  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2022
Obuna bo‘lish
Jurnalistlar va ekspertlar Vashingtonga qanday qilib obro‘yini saqlab qolgan holda “chiroyli taslim bo‘lish” yo‘llarini o‘rgatishmoqda. Batafsil maqolamizda tanishing.
AmerikaOAVlari haligayaa Ukrain haqidagi xabarlar bilan to‘lib-toshib yotibdi. Rossiya va AQShning Jenevada bo‘lib o‘tgan muzokaralariga ham ular ushbu mavzuni tiqishtirishga harakat qilishdi. 90, 100, 120 ming Rossiya harbiyblari Ukrainani har tomondan qurshab olga-u ana mana deguncha “urush boshlashi” mumkin. .. Shundan so‘ng Rossiyaga “javob berishning 18ta ssenariysini” tuzishadi, 30 ming kuryer, xullas g‘ala-g‘ovur bilan hammayoq to‘lgan.
AQSh aholisiga agar Rossiya bilan biror harbiy mojaro sodir bo‘lsa, bu qayerdadir uzoq-uzoqlarda minglab kilometrlar narida Yukreyn degan mamlakat yonida sodir bo‘ladi. Ushbu davlat bir o‘zi Moskvalik zo‘ravonlarga qarshi kurashmoqda, amerikaliklar esa unga yaxshi niyatlar va “javelin”lar yuborib turibdi...
Aytmoqchi, Xitoy bilan harbiy qarama-qarshilik ham aynan shunday yetkazilmoqda. Bunday to‘qnashuv, sodir bo‘lgan taqdirda qayerdadir juda uzoqda sodir bo‘ladi, AQShga esa mutlaq yaqinlashmaydi. Uzoq-uzoqlardagi yana bir urush.
Asli esa, urush AQSh hududiga kelishi mumkin. Ularning mudofaasida teshiklar juda ko‘p. Haqiqiy demokratik davlatda bu yaxshigina muhokama qilinadigan mavzu bo‘lishi kerak – hozir aynan vaqti. Lekin yangiliklarda bunday mavzu yo‘q. Ushbu kamchilliklar faqat mudofaa vazirligidagi harbiylar tomonidan muhokama qilinmoqda. Keng jamoatchilik esa Gollivudning zabardast amerika dengiz piyodalari haqidagi ertaklarini tomosha qilmoqda... Ularda odatda kim dushman? Ruslar, xitoyliklar, eronliklar va o‘zga sayyoraliklarmidi.
Amerikalik harbiylar esa Rossiyaning eng yangi qurollaridan jiddiy xavotirda. Jamoatchiligimizning ayrim vakillari uchun gipertovushli qurol “Putin multigi”. AQSh Mudofaa vazirligi esa ulardan jiddiy xavotirda. Ular bunday quroldan himoya yo‘q deb hisoblashadi.
“AQShning raketalarga qarshi faol mudofaa tizimi mojaroda ustun kelishga yordam bera olmaydi. Chunki raqibning raketalar assortimenti ulkan, bizning mudofaa vositalarimiz esa – cheklangan. Shu sabab AQSh sohani rivojlantirishi, sarmoya kiritishi kerak va ho kazo”, - deyilgan raketalardan himoya tizimi hisobotida.
Rossiyani Oq uyning asosiy xavfi deganda, aynan shularni nazarda tutgan edi o‘tgan yili Shimoliy qo‘mondonlik boshlig‘i Glen Vanxerk.
“Ular 20-yil oldin mutlaq mavjud bo‘lmagan qurollarni yaratishdi... Bu radarlarga ko‘rinmaydigan qanotli raketalar, biznikidan ortda qolmaydigan, shovqinsiz harakatlanuvchi suv osti kemalari va boshqalar”, - degan edi u.
Keling o‘sha Venesuelani olaylik. Rossiya diplomati Sergey Rabkov ushbu mamlakatda Rossiya qurolli kuchlari paydo bo‘lishi mumkinligini aytganda amerikalik diplomatlar kulib qo‘yishdi. Vaholanki 2018-yilda Rossiyaning Tu-160 strategik bombardimonchilari Venesuelada paydo bo‘lganida amerikaliklarning hech biri kulmagan edi. Samolyotlar aynan AQShning Nikolas Maduroni qulatish bo‘ycha navbatdani urinishidan so‘ng paydo bo‘lgan edi.
AQSh Mudofaa vazirligining bosh tahliliy muassasasi— Rand Corporation — tahlilchilari o‘shanda g‘amgin xulosaga kelishgan edi. Ularning fikriga ko‘ra, Venesuela Rossiya bilan harbiy-texnik hamkrlikni davom ettirgan taqdirda AQSh ushbu davlatga hech qanday ta’sir o‘tkaza olmasligini tan olishgan edi.
Rossiyaning ushbu davlatga qurol joylashtirgan taqdirda Venesuelani sanksiyalar bilan bo‘g‘ib tashalash mumkin edi, lekin bu shundoq ham kambag‘al va sanksiyalar ostiga ko‘milgan davlat. U yerda yadroviy qurol joylashtirilsachi? Bunga qanday javob berish kerak? Misol uchun rossiyaning yadroviy kallaklar bilan qurollangan atom suv osti kemasi Venesuela qirg‘oqlari yaqinida langar tashlasa-chi? Bunda AQSh hukumatining qo‘lidan hech narsa kelmaydi. Shu bilan tamom.
Bizning Kuba bilan harbiy-texnik hamkorligimizni tiklashimiz ham amerikalik hamkorlar uchun juda og‘riqli bo‘lishi mumkin. Amerikaliklar bu mavzuda gapirishni yaxshi ko‘rishmasa-da, Karib xotirasi ularning xotirasiga uzoq muddatli jarohat yetkazgan.
Ikki yil oldin Britaniyaning The Spectator nashri AQShni Rossiya, Kuba va Venesuela ittifoqi haqidagi ogohlantirgan edi. Maqolada “ushbu davlatlar shu vaqtga qadar o‘z uyida AQSh ustidan g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lib kelishgani” haqida aytilgan.
Amerika harbiylari xavotirlari ro‘yxatida esa biz Petrov va Boshirov haqidagi anekdotlarni yoki boshqa rusofob safsatalarni ko‘rmaymiz. Chunki ularda xavotir uchun jiddiy sabablar bor. Yaqindagina Rand Corporation AQSh yadroviy triadasi qay ahvolda ekani haqidagi hisobot bilan bizni xursand qildi. Qisqa qilib aytganda u yerda hamma narsa achinarli ahvolda.
Rossiya shoshilinch ravishda o‘z Qurolli kuchlarini modernizatsiya qilgan vaqtda, AQSh “sovuq urush” g‘alabasi gulchambarida xotirjam uxlayotgan edi. Oqibatda esa ularning yarim asr oldin ishlab chiqarilgan "minitmenlari" (bomba) deyarli “o‘lik” ahvolda. Ularning amal qilish muddati allaqachon tugagan, raketalar ham barcha infratuzilma ham juda eskirgan. Bugungi kunda ishchilar 2-3 juft uskuna olib yurishadi o‘zlari bilan, biri bo‘lsmasa boshqasi ishlab qolar degan umidda.
Ushbu holat Bayden ma’muriyati nima sababdan Rossiya bilan strategik hujum qurollari to‘g‘risidagi shartnomani lom-mim demay uzaytirganini izohlaydi.
AQShda saqlash muddati tugagan “minitmen”lar o‘rniga yangi ballistik raketalar yaratish to‘g‘risidagi g‘oyalar bir necha bor paydo bo‘lgan edi. Hozir ularni 2030-2036 yillarda ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Lekin Amerika mudofaa tizimini yangilashda davlat rahbariyatidagi qarama-qarshiliklar kuchli xalal bermoqda. Yangi KBRlar borasida ham katta tortishuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Yetakchi nuqtayi nazarlardan biri – raketa uchirishning yer yesti joylashuv tizimlari umuman kerak emas. AQSh bombardimonchi samolyotlar va suv osti kemalari bilan cheklansa kifoya.
Lekin u yerda ham hamma narsa “vintaj”ga aylanib bo‘lgan. "Ogayo" turkumidagi suv osti kemalarini “Kolambiya” bilan almashtirish rejasi 2031-yilda amalga oshirilishi kerak. B-52H bombardimionchi samolyotlar esa ilk bor konveyerdan 1962-yilda chiqqan edi. Ular hozir faqat “qarilik effektini” namoyish qilishi mumkin. Uning kichik ukasi B-2ni ham alamashtirish vaqti kelgan.
Biz amerikalik hamkorlar kabi, ularning davlatini “Yuqori Volta” deb atamaymiz. Kuchli raqibni bunday deb haqoratlash – axmoqlik va qo‘pollik. Lekin bir savol berish mumkin: Xo‘sh ana shunday aslahalar bilan AQSh armiyasi yangilangan va eng zamonaviy qurollarga ega bo‘lgan Rossiya va Xitoyga qarshi qanday kurashmoqchi? protivostoyat Rossii i Kitayu s ix modernovimi armiyami i supersovremennimi voorujeniyami?
G‘arbda ushbu reallikni tushunish sekin-asta amalga oshmoqda. Jurnalistlar va ekspertlar Vashingtonga qanday qilib obro‘yini saqlab qolgan holda “chiroyli taslim bo‘lish” yo‘llarini o‘rgatishmoqda.
Kutilmaganda hech kim hech qachon Ukraina va Gruziyani NATOga qabul qilishni rejalashtirmagani ma’lum bo‘ldi. Nima deyapsiz? Ularning bizga nima keragi bor? Bugungi Amerika tashqi siyosati – Odessa bozorini eslatadi.
Qabul qilishga besh qadam olganda AQSh tezda orqsini o‘girib oldi. Biz bizga Yevropada raketalar joylashtirmaslik hamda Gruziya va Ukrainani ham qo‘shib beramiz. Lekin buni hazil deb e’lon qilamiz, vassallarimizga ham shunday deymiz. Umuman bizga ularning kerak yo‘q, olavering, bemalol.
Demak yana ikki qadam qolibdi. Dastlab AQSh Mudofaa muassasalari hisobotini o‘qish va depressiyaga tushish. Keyin esa – Rossiya taklif qilgan barcha shart
Yangiliklar lentasi
0