https://sputniknews-uz.com/20220118/koronavirusga-chalingan-bolani-uy-sharoitida-davolash-uchun-nimalarni-bilish-kerak-22245553.html
Koronavirusga chalingan bolani uy sharoitida qanday davolash kerak
Koronavirusga chalingan bolani uy sharoitida qanday davolash kerak
Yosh bolalarda koronavirus, odatda, yengil kechadi, lekin nafas yetishmovchiligi yoki chuqur yoʻtalish kuzatilganda shifokorga murojaat qilish kerak.
2022-01-18T09:55+0500
2022-01-18T09:55+0500
2022-01-18T11:31+0500
jamiyat
covid-19 umumjahon pandemiyasi
shifokorlar tavsiyasi
shifoxona
shifokor
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1371/75/13717560_0:313:3084:2048_1920x0_80_0_0_3394c35427fd8a60d1963e21da3a781b.jpg
TOSHKENT, 18 yanv - Sputnik. Koronavirusga chalingan bolalar uy sharoitida qanday davolash kerakligi haqida Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh shifokori, tibbiyot fanlari doktori Abdumannon Abduqayumov tavsiyalari.Ayniqsa, antibiotiklar virusli infektsiyalarda umuman natija bermaydi.️Tana harorati yuqoridagi oʻlchovlardan oshganda, ibuprofen yoki paratsetamol ichirish tavsiya etiladi. Kichik yoshli bolalarga isitma tushiruvchi svechalarni ham qoʻllasa boʻladi. Uy sharoitida koronavirusga chalingan bolalarga: Agar bolalarda kasallik davomida : nafas yetishmovchiligi, hansirash, lablarning chetlari koʻkarishi, holsizlik, chuqur yoʻtal belgilari paydo boʻlsa, oilaviy shifokor yoki mahalliy pediatr bilan maslahatlashgan holda bemorning statsionar tarzda davolanishi masalasi koʻrib chiqilishi kerak.Shu oʻrinda farzandlariga COVID-19 tashxisi qoʻyilgan ota-onalardan ortiqcha xavotir va sarosimaga berilmay, shifokor tavsiyalariga amal qilishlarini soʻraymiz, deyilgan SSV xabarida.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1371/75/13717560_353:0:3084:2048_1920x0_80_0_0_3129eb5dc361c0e6fc17ac7d1fb94fa2.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
covid-19 umumjahon pandemiyasi, shifokorlar tavsiyasi, shifoxona, shifokor
Koronavirusga chalingan bolani uy sharoitida qanday davolash kerak
09:55 18.01.2022 (yangilandi: 11:31 18.01.2022) Yosh bolalarda koronavirus, odatda, yengil kechadi, lekin nafas yetishmovchiligi yoki chuqur yoʻtalish kuzatilganda shifokorga murojaat qilish kerak.
TOSHKENT, 18 yanv - Sputnik. Koronavirusga chalingan bolalar uy sharoitida qanday davolash kerakligi haqida Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh shifokori, tibbiyot fanlari doktori Abdumannon Abduqayumov tavsiyalari.
Koronavirusning yangi shtammi bolalarda odatda qanday kechadi:
asosan tana haroratining koʻtarilishi,
tomoq ogʻrigʻi, burun oqishi, yoʻtal, bosh ogʻrigʻi kuzatiladi;
taʼm va hid bilish qobiliyatining yoʻqolishi deyarli kuzatilmaydi,
baʼzi hollarda turli toshmalar ham paydo boʻlishi mumkin.
Bunda, tana harorati bir yoshgacha boʻlgan bolalarda 38,0, bir yoshdan oshgan oʻgʻil-qizlarda esa 38,5 darajadan oshmaguncha, hech qanday dori vositalari berish tavsiya etilmaydi.
Ayniqsa, antibiotiklar virusli infektsiyalarda umuman natija bermaydi.
️Tana harorati yuqoridagi oʻlchovlardan oshganda, ibuprofen yoki paratsetamol ichirish tavsiya etiladi.
Kichik yoshli bolalarga isitma tushiruvchi svechalarni ham qoʻllasa boʻladi.
Uy sharoitida koronavirusga chalingan bolalarga:
3 kungacha har soatda oz-ozdan suyuqlik ichiriladi;
darmondorilarga boy taom va mahsulotlar beriladi;
oʻz vaqtida va meʼyorida uxlashi hamda sovqotib qolmasligi choralari koʻriladi;
turli vitaminlar isteʼmol qilinadi.
Agar bolalarda kasallik davomida : nafas yetishmovchiligi, hansirash, lablarning chetlari koʻkarishi, holsizlik, chuqur yoʻtal belgilari paydo boʻlsa, oilaviy shifokor yoki mahalliy pediatr bilan maslahatlashgan holda bemorning statsionar tarzda davolanishi masalasi koʻrib chiqilishi kerak.
Shu oʻrinda farzandlariga COVID-19 tashxisi qoʻyilgan ota-onalardan ortiqcha xavotir va sarosimaga berilmay, shifokor tavsiyalariga amal qilishlarini soʻraymiz, deyilgan SSV xabarida.